Ру Ўз O`z En

Sho‘r yuvish ishlari sifatsiz bajarilgan fermer va klaster rahbarlari ogohlantirilmoqda

9 Yanvar 2023 1541

Qishloq xo‘jaligida yerni hosildorligini oshirish, kelgusi yil hosili uchun zamin yaratishda, “kuzgi-qishgi tadbirlar” doirasida sho‘rlangan yerlarni sho‘rini yuvish eng muhim agrotexnik tadbirlardan hisoblanadi.

Andijon viloyatining cho‘l hududida joylashgan Ulug‘nor tumanida ham bu tadbir 4100 gektar maydonda olib boriladi.

Tuman bo‘yicha shu kungacha 4100 gektar maydonning poli olinib, 3912 gektar maydonda sho‘r yuvish ishlari amalga oshirildi.

Tadbirni sifatli o‘tkazish, sho‘r yuviladigan maydonlarda sifatli pol olishga hamda suvni har bir olingan polga navbatma-navbat to‘liq qamab, o‘z vaqtida yuvilgan maydondagi suvni kollektor tarmoqlariga tashlash, natijada ekin ekiladigan maydoning sho‘rdan xolis bo‘lishi taʼminlanadi.

Agroinspeksiyaning Ulug‘nor tuman bo‘lim inspektor xodimlari tomonidan amalga oshirilgan nazorat tadbirlari davomida “Bunyodkor magistral”  MCHJ klaster korxonasiga qarashli 7,0 gektar, “Vodiy xolis” MCHJ klaster korxonasiga qarashli 9,8 gektar sho‘ri yuviladigan maydonlarida pollar sifatsiz olinganligi oqibatida sho‘r yuvish sifatsiz amalga oshirilgan.

Shuningdek, “Namuna” massividagi “Mirzaxosil” fermer xo‘jaligida 16,0 gektar, “M.Iminov” massividagi “Mingchinorlik Elyorbek yeri” fermer xo‘jaligida 9,8 gektar maydonda pol olmasdan suv ochilganligi sababli, sho‘r yuvish sifatsiz bajarilganligi aniqlandi.

“Bunday holat 2023 yil hosili uchun ekilgan g‘o‘zani birinchi sug‘orishdan so‘ng qayta sho‘rlanishga olib kelib, paxtadan ko‘zlangan hosilni olishda o‘zining salbiy taʼsirini ko‘rsatadi.” - deydi biz bilan suhbatda Agroinspeksiyaning Ulug‘nor tuman bo‘limi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish” bo‘yicha inspektori S. Urolov.

O‘zagroinspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan mazkur tadbirni o‘z muddatida va sifatli yakunlash ustidan muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davomida mutasaddi rahbarlar, fermer va klaster korxonalari rahbarlari nomiga 10 ta yozma ko‘rsatma, 77 ta ogohlantirish xati kiritilgan.

 

U.Abdullayev, Inspeksiyaning Andijon viloyat boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh inspektori                                  

S.Abdulaxatov, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha bosh inspektori                                    

 

Text to speech