Respublikada aholini oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda agrar sohaning o‘rni va ahamiyati juda katta. Jumladan, mamlakatimizda mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo‘jalik mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yana-da oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Keyingi yillarda noanʼanaviy qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish va yetishtirishga ham alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab o‘tish joiz.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmonining ijrosini hamda hukumatimiz tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan belgilangan topshiriqlariga asosan asosiy maydonlarga ertagi ekin sifatida kartoshka, sabzi, piyoz va soya ekinlarini o‘z vaqtida ekilishini nazorati “O‘zagroinspeksiya”ga yuklatilgan.
Xususan, Sirdaryo viloyati bo‘yicha 2022 yil hosili uchun asosiy maydonlarga ertangi ekin sifatida kartoshka 4000 gektar, sabzi 1106 gektar, piyoz 1507 gektar va 5000 gektar maydonga soya ekilishi belgilangan bo‘lib, bugungi kunda amalda kartoshka 2151 gektar, sabzi 1106 gektar, piyoz 1507 gektar, soya 2083 gektar maydonga ekilishi taʼminlandi.
Soya doni o‘z tarkibida 50% oqsil va 28 % gacha moy saqlagani uchun o‘ta qimmatbaho o‘simliklar guruhiga kiradi. Soya donidan bugungi kunda xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan 400 dan ortiq turli hil mahsulotlar ishlab chiqariladi. Soya doni oziq-ovqat sanoatining turli sohalarida ishlatiladigan ekologik toza sifatli xom-ashyodir. O‘simlikning 100 kg. donida 138 ozuqa birligi saqlaydi, ushbu ko‘rsatkich, makkajo‘xori beda va boshqa ekinlarda soyadan ko‘ra past xisoblanadi. Soya donining to‘yimligigi jihatidan bironta ozuqa ekini ustunlik qila olmaydi. Ekin maydoni jihatidan dunyo dehqonchiligida bug‘doy, sholi va makkajo‘xoridan keyingi 4- o‘rinni egallaydi.
-Sayxunobod tumanida xam asosiy maydonlarga ertangi kartoshka 800 gektar, sabzi 320 gektar, piyoz 75 gektar va soya 900 gektar maydonlarga ekish belgilangan bo‘lib, amalda kartoshka 350 gektar sabzi 320 gektar, piyoz 75 gektar, soya 538 gektar maydonga ekilib, ekish ishlari davom ettirilmoqda, - deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sayxunobod tuman bo‘limi “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish shoʻbasi” inspektori K. Maxmirzayev.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan ushbu qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘z vaqtida ekilishini taʼminlash uchun doimiy monitoring tadbirlari olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.