Ру Ўз O`z En

Sirdaryo: tahlil va tanqid natijadorlik garovi

10 Yanvar 2022 1504

Ayni damda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyat boshqarmasida 2021 yil davomida bajarilgan ishlarning sarhisobi, xodimlar tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarining holati va joriy yilda amalga oshiriladigan vazifalarning ijro mexanizmlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. 

Tadbir Inspeksiyaning chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i D. Pirnazarov va viloyat boshqarma boshlig‘i N.Shodiyevlar ishtirokida va tumanlarda zum platformasi orqali tashkil etildi.

Taʼkidlanishicha,  2021 yilda Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan jami 5856 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, yil davomida tegishli tashkilotlarga huquqiy choralar ko‘rish uchun 262 ta taqdimnomalar, 2054 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilgan.

O‘tgan hisobot davrida 2057 ta nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlar ko‘rilib, 246 ta materiallar qonuniy ko‘rib chiqish uchun sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.

Qolaversa, tadbirda sohada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, kelgusida xatolarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora- tadbirlar rejasi ishlab chiqilishiga kelishib olindi.

"O‘zagroinspeksiya" Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

 

Text to speech