“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan 2021 yil paxta hosilini nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar doirasida bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, viloyatda 9 ta paxta to‘qimachilik klasterlari tomonidan 2021 yil paxta hosilini qabul qilib olish uchun 19 ta paxta qabul qilish maskanlari mavsumga tayyorlanib, dehqonlarimiz tomonidan olib kelinayotgan paxta xom-ashyolari belgilangan tartibda qabul qilib olinmoqda.
Viloyatda 2021 yilda 72 ming 557 gektar maydonga chigit urug‘i qadagan Sirdaryolik paxtakorlar 232 ming 200 tonna sifatli paxta xom-ashyosini yig‘ishtirib olishni o‘z oldilariga maqsad qilib olishgan.
Paxta xom-ashyosini tez kunlarda nest-nobud qilmasdan terib olish maqsadida viloyatda jami 292 ta paxta terim mashinalari texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, terim mavsumiga shay qilib qo‘yilgan. Shundan, 216 tasi yuqori unumli paxta terish mashinalaridir.
Bugungi kunda, paxta dalasidagi terimda 180 ta paxta terish mashinalari qatnashib jami 4 771 tonna paxta xom-ashyosini terishga erishildi.
Jumladan, Boyovut tumanida 39, Mirzaobodda 23 ta, Oqoltinda 14 ta, Sardobada 7 ta, Sayxunobodda 24 ta, va Sirdaryo tumanida 73 ta yuqori unumli paxta terish mashinalari orqali terib olindi.
Viloyatning har bir hududida ish unumdorligini oshirish maqsadida, qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish mobil guruhlari tashkil etilib, yoqilg‘i-moylash materiallarini paxta terilayotgan dala maydonigacha yetkazib berishni uzluksiz taʼminlash, paxta terim mashinasi mexanizatorlari uchun uch mahal issiq ovqat, maxsus-kiyim bosh va o‘z vaqtida ish haqlarini berib borilishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatilgan - deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi” katta inspektori Abdulatif Qosimov.
“O‘zagroinspeksiya” Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati