O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 15 martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4241-sonli Qarori bilan yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash choralari ko‘rilmoqda.
Shu maqsadda inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan sohada qonunchilik ijrosini taʼminlash yuzasidan monitoring-tahlil tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.
Jumladan, joriy yilning iyul oyi davomida 467 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, 439 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi. Shundan, 218 tasiga yozma ko‘rsatmalar, 14 tasiga taqdimnomalar va 207 tasiga belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlariga berilgan vakolat doirasida 181 ta holatlar yuzasidan maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, 26 ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy qarorlar qabul qilish uchun sudlarga yuborilgan bo‘lsada, qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida 1204 ta ogohlantirishlar berildi, - deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Maʼmuriy amaliyot bo‘limi” bosh inspektori Shavqiddin Mamatqulov.
Xususan, Inspeksiyaning Sirdaryo tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 119 nazorat tadbirlarining 113 tasida, Guliston tumanida 53 ta nazorat tadbirlarining 50 tasida, Xovos tumanida 51 ta nazorat tadbirlarining 51 tasida, Sardoba tumanida 51 tadan 47 tasida hamda Sayxunobod tumanida 39 ta nazorat tadbirlarining 31 tasida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.
Maʼlumot o‘rnida aytish keraki: Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda belgilangan agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarmaslik, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishda transportdan foydalanish va boshqarish yuzasidan belgilangan normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etmaslik holatlari yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning tegishli moddalariga asosan, jazo chorasi belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.