O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoyishi qabul qilindi.
Farmoyishga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yo‘nalish hisoblanadi:
Jumladan,
-davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;
-takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarni qisqartirish;
-rahbar o‘rinbosarlarining yo‘nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;
-vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;
-boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to‘liq raqamlashtirish;
-“Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;
-davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;
-vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga o‘tkazish;
-tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish orqali “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat ko‘rsatish;
-kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to‘liq joriy qilish;
-o‘z ustida ishlamaydigan va maʼsuliyati bo‘lmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy taʼsir”ni amalga oshirish;
-vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;
-davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;
-tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o‘tkazish tizimini takomillashtirish;
-xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;
-mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;
-xokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash;
tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma resurslari hisobidan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-20-son, 23.11.2021y) “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish qishloq ho‘jaligi ishlab chiqarishda dehqon xho‘jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g‘alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.
− Zaxiraga qaytariladigan yerlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.
− Ijaraga berishda dehqonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.
− 100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.
− Kreditlar dehqon va fermerlarga:
-100 mln so‘mga 14% stavkada;
-kichik intensiv bog‘ va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.
Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PF-25-son, 23.11.2021y) “Orolbo‘yi mintaqasida tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, 2022 yil 1 yanvardan:
2031 yil 1 yanvargacha Mo‘ynoqdagi mahalliy sanoat, qishloq ho‘jaligi va xizmatlar sohalaridagi tadbirkorlar uchun:
-foyda va daromad solig‘i, aylanmadan olinadigan va ijtimoiy soliqlar 1 foiz
-mol-mulk, yer va suvdan foydalanganlik uchun soliq 1 foiz etib belgilandi.
2025 yil 1 yanvargacha Xorazm viloyatining Tuproqqalʼa, Yangiariq,Yangibozor tumanlarida tadbirkorlar uchun:
foyda solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer va mol-mulk solig‘i 50 foizga kamaytiriladi;
O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan o‘z ehtiyojlari uchun olib kiriladigan xomashyo, materiallar bojxona bojidan ozod qilinadi;
Xorazmda yangi qurilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlarga yer solig‘i bo‘yicha imtiyozli davr besh iyl etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston uchun Davlat byudjetidan taʼminlanadigan investitsiya loyihalari kamida 50 milliard so‘m etib belgilandi.
Xorazmdagi past rivojlanayotgan va ishsizlik yuqori bo‘lgan 98 ta mahalla uchun 2022-2026 yillar davomida:
-oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 250 mlrd so‘m kredit ajratiladi;
-davlat byudjetidan infratuzilmani rivojlantirish uchun 150 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.
2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha Orolbo‘yi mintaqasidagi:-kichik tadbirkorliklarga korxona uchun zarur asbob-uskunalarni olib kelish va ular ishlab chiqargan mahsulotlarni boshqa hududlariga yetkazib berish bilan bog‘liq tashish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
-mahalliy eksportchilar ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qilishda, ularning Kaspiy dengizigacha tashish bilan bog‘liq transport xarajatlarini to‘liq qoplab beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (728-son, 24.11.2021) “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorda dehqon ho‘jaligini yuritish uchun yer uchastklarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, unda ishtirok etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalari to‘g‘risidagi bayonnomani rasmiylashtirish hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti qabul qilindi.
Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ochiq elektron tanlovga chiqarish materiallarini tayyorlash, tanlovni tashkil etish, tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalarini tasdiqlash hamda tanlov g‘olibini aniqlash va tanlov natijalarini tasdiqlash hamda tanlov g‘olibining yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti belgilandi.
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanganer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamchi ijaraga berish tartibi, ikkilamichi ijaraga berganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish, ikkilamichi ijaraga berish shartnomasiga o‘zgartirish kiritish va uni bekor qilish tartibini nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi to‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Shunga ko‘ra, qarorda qo‘yidagi tartiblar o‘rnatildi:
-tuman(shahar) hokimliklari manfaatdor davlat tashkilotlari bilan birgalikda har yili noyabr oyiga qadar(zaruratga ko‘ra, yilning boshqa davrlarida) qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, hududlarda ixtisoslashtirish, bo‘sh turgan, zaxiradagi va kelgusida zaxiraga olinadigan yer maydonlarini qishloq ho‘jaligi korxonasi yoki dehqon ho‘jaligi tashkil etish uchun ochiq elektron tanlovga chiqarish bo‘yicha loyihalarini tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun xalq deputatlari tuman(shahar) Kengashining navbatdan tashqari sessiyasiga kiritadi.
-kiritilgan loyihalar xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan maʼqullangandan so‘ng, tuman (shahar) hokimligi qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ochiq elektron tanlovga qo‘yish choralarini ko‘radi.
-Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan tasdiqlangan hududlarni ixtisoslashtirish yo‘nalishlari yil davomida zaxiradagi qishloq ho‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar bo‘yicha loyiha tayyorlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Inspeksiyaning Huquqiy taʼminlash va xalqaro huquqiy munosabalar bo‘limi