Ру Ўз O`z En

Sportning Shaxmat va shashka turi boʼyicha oʼtkazilgan musobaqalar gʼoliblari aniqlandi

9 Mart 2021 2142

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Аholining sogʼlom turmush tarzini qoʼllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 735-sonli qaroriga muvofiq xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspektsiyasida sportning shaxmat, shashka turlari boʼyicha musobaqalar oʼtkazildi.

 

Musobaqada Inspektsiyaning 60 dan ortiq xodimlari kuch sinashdi. Gʼoliblik uchun daʼvogarlar oʼrasidagi bahs qizgʼin va murosasiz kechib, erkaklar oʼrtasida Shaxmat boʼyicha 1-oʼrin Don ekinlari urugʼlari yetishtirishni nazorat qilish boʼlimi boshligʼi Sh. Xayitovga;

2-oʼrin Ishlar boshqarmasi boʼlimi 1 chi toifali mutaxassisi J.Panjievga;

3-oʼrin Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi Bosh inspektori Q. Аbdujapparovga nasib etdi.

Sportning Shashka turi boʼyicha esa 1-oʼrin oʼrin Ishlar boshqarmasi boʼlimi 1 chi toifali mutaxassisi J.Panjiev;

2-oʼrin Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi Katta inspektori M.Mirzaev;

3-oʼrinni Tashkiliy nazorat va tahlil boshqarmasi Bosh inspektori U.Nurgeldiev qoʼlga kiritdi.

Shashka boʼyicha Inspektsiyaning ayol xodimlari oʼrtasidagi bellashuvlar ham qizgʼin kechdi. Unda 1-oʼrin Paxta xom-ashyosi va uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi Bosh inspektori Sh.Mamadalievaga, 2-oʼrin Kadrlar boshqarmasi Katta inspektori G.Irgashevaga, 3-oʼrin Koʼchatlar, meva-sabzavot va poliz ekinlari urugʼlari yetishtirishni nazorat qilish boʼlimi Bosh inspektori I.Qurbonovaga nasib etdi.

Gʼoliblar diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlanishdi.

 

“Oʼzagroinspektsiya” Аxborot xizmati

Text to speech