Ру Ўз O`z En

Sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash ishlari qay darajada olib borilmoqda?

31 Yanvar 2022 1690

2021 yilda har yilgidan sezilarli darajada kuzatilgan suv tanqisligidan kerakli xulosa chiqargan holda, bugungi kunda ichki sug‘orish tarmoqlarida suvning yo‘qotilishini kamaytirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

Suv isteʼmolchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan foydali ish koeffitsiyenti past bo‘lgan ichki sug‘orish tarmoqlari aniqlanib, o‘z mablag‘lari hisobidan 2021-2022 yillar kuzgi-qishki mavsumida 72 537 km sug‘orish tarmog‘ini taʼmirlash-tiklash rejalashtirildi va bugungi kunda belgilangan tadbirlar jadallik bilan bajarilmoqda.

Xususan, suv isteʼmolchilari uyushmalari, paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari tomonidan joylarda ichki ariqlarni qo‘l kuchida tozalash bo‘yicha hasharlar tashkil etilib, dalada samovar qaynatilib, osh damlanib, tadbirlar ko‘tarinki ruhda, jadallik bilan olib borilmoqda.

Misol uchun, “Saxovat tekstil” MCHJ tomonidan Shahrixon tumanidagi “O‘rta Shahrixon” hududida, “Buxoro AGRO klaster” MCHJ tomonidan Vobkent tumanidagi “Kumushkent” hududida, “IndoramaMCHJ tomonidan Sardoba tumanidagi “Paxtaobod” hududida, “Yangiariq texMCHJ tomonidan Yangiariq tumanidagi “Qo‘riqtom” va “Gulobod” hududlarida yoki Paxtakor tumanidagi “Azim Bunyodbek”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Surxon sabosi”, Bekobod tumanidagi “Obod Xurshidabonu” kabi ko‘plab fermer xo‘jaliklarining dala shiyponlarida samovar qaynatilib, taomlar tayyorlanib, mexanizmlar va hasharchilar jalb qilingan holda tadbirlar ko‘tarinki ruhda bilan olib borildi.

O‘z navbatida, joylarda Inspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan ichki sug‘orish tarmoqlarini taʼmirlash-tiklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning kunlik hisobi yuritilib, belgilangan tadbirlarning sifatli bajarilishida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga amaliy yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.

Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech