Joriy yil Surxondaryo viloyatida 89 ming 325 gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilgan bo‘lib, mazkur hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish soha xodimlarining eng dolzarb masalasi hisoblanmoqda .
2023 yil g‘alla mavsumga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan viloyat bo‘yicha jami 280 ta g‘alla o‘rish kombaynlari jalb qilindi. Shundan 109 dona KEYS, 136 dona KLAAS va 35 dona VEKTOR rusumli kombaynlar g‘alla o‘rim-yig‘im ishlariga jalb etilishi rejalashtirilgan.
Maxsus texnikalarning taʼmiri uchun 12 mlrd. 581 mln. so‘m talab etilib mazkur mablag‘lar bugungi kunda to‘liq o‘zlashtirildi hamda sertifikatga ega bo‘lgan ehtiyot qismlar olib kelinishi taʼminlandi.
Olib kelingan ehtiyot qismlarni to‘liq o‘rnatilishi va taʼmirlash ishlarining sifatli borishi "O‘zagroinspeksiya" xodimlari tomonidan doimiy nazorat qilib borildi.
Joriy yilning 10-14-aprel kunlari viloyat hokimi tomonidan tuzilgan ishchi guruh taʼmirdan chiqqan kombaynlar ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek har bir kombayn operatorlariga ularni rag‘batlantirish maqsadida, pul va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.