Prezidentning «Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishni takomillashtirish hamda suv isteʼmolchilari orasidagi munosabatlarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarishning ustuvor yo‘nalishlari sifatida quyidagilar belgilandi:
qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va aholi tomorqalarini suv resurslari bilan ishonchli taʼminlash;
irrigatsiya tizimlari va sug‘orish tarmoqlarining hamda ulardagi gidrotexnika inshootlarini doimiy texnik soz holatda ushlab turish;
yirik qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni o‘z hududida suvni boshqarish va taqsimlash ishlariga jalb qilish;
iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashga oid davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha DXSH tamoyillarini keng joriy etish;
suvning hisobi va hisobotini inson omiliga minimal ravishda bog‘liq bo‘lgan avtomatlashtirilgan tizimlar orqali yuritish.
Hujjat bilan quyidagi tartiblar belgilandi:
qishloq xo‘jaligi yerlari o‘z hisobida mavjud bo‘lgan klasterlarga o‘zlariga tegishli maydonlardagi barcha suv xo‘jaligi obyektlarini DXSH tamoyillari asosida boshqaruvga berish;
meva-sabzavotchilik hamda sholichilikka ixtisoslashgan tumanlar suv xo‘jaligi obyektlari boshqaruviga DXSH tamoyillari asosida xususiy sektorni jalb qilish;
qishloq xo‘jaligi sug‘oriladigan yerlarida faoliyat ko‘rsatayotgan suv isteʼmolchilari va tuman irrigatsiya bo‘limlari o‘rtasida suv yetkazib berish va suv xo‘jaligi xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzish.
Shuningdek Qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasiga suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bo‘yicha qonunchilik hujjatlari talablariga amal qilinishi, suv xo‘jaligi obyektlarini o‘z balansiga olgan subyektlar tomonidan suv olish limiti asosida suv yetkazib berilishi hamda suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan oqilona foydalanilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish vazifasi belgilangan
“O‘zagroinspeksiya” Axbort xizmati