«O‘zagroinspeksiya» tomonidan joylarda suvdan foydalanuvchilar hamda suv isteʼmolchilarning suvdan foydalanish madaniyati darajasini oshirish, suv resurslaridan tejamli va oqilona foydalanishni taʼminlash, sug‘oriladigan yerlarda qulay suv rejimini yuzaga keltirish maqsadida joylarda 2 472 ta amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, Inspeksiya xodimlarining bevosita amaliy yordami bilan 2023 yil hosili uchun parvarish qilinayotgan boshoqli don ekinlarini sug‘orish davrida 503 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari o‘rtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi, 509 ta holatda suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi, 216 ta yaroqsiz holatga kelgan suv obyektlaridan suvni behuda oqizib yuborilishi to‘xtatildi, 475 ta holatda suv yo‘qolishi yuqori bo‘lgan fermerlararo ichki sug‘orish tarmoqlarida taʼmirlash va tiklash ishlari tashkil qilindi, 189 ta holatda boshqa suv isteʼmolchilarining qonuniy manfaatlarini himoya qilib, ularning buzilgan huquqlari qayta tiklandi, 100 ta holatda suv xo‘jaligi obyektlariga yetkazilgan zarar o‘z holatiga qaytarildi, 129 ta joylarda tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘quv amaliy seminarlari o‘tkazildi hamda 351 ta holatda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni tushuntirish, undagi talablar buzilishining oldini olishga qaratilgan uslubiy va tavsiyaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlariga amaliy yordam berish maqsadida 2023 yil sug‘orish mavsumida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun belgilangan suv olish limitlarini har bir suv isteʼmolchiga adolatli taqsimlanib, yetkazilishi alohida nazoratga olindi.