Maʼlumki, suvdan oqilona foydalanishning eng muhim omili bu suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy amal qilish hisoblanadi va bu borada “O‘zagroinspeksiya” tomonidan tizimli nazorat o‘rnatilgan. Bu haqida AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Inspeksiya axborot xizmati rahbari X. Shadiyeva maʼlumot berdi
2022 yilning noyabr oyiga qadar “Suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi”ga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha belgilangan tartibda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 22 ming 708 ta holatda tartib buzilishi holatlari aniqlandi:
- shundan, eng ko‘p 8 763 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli qoidalari buzilgan bo‘lsa, qolgan tartibbuzarliklar suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika va boshqa turdagi ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarganlikni tashkil etmoqda
Shuningdek, suv olish tartibini buzganlik yuzasidan:
1 519 ta holatda suv olishga ruxsat etilmagan joylardan, shuningdek, shartnoma tuzmasdan suv olish;
1 240 ta holatda suvni o‘zboshimchalik bilan egallab olish;
658 ta holatda suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha suv olish holatlari aniqlandi. 61 ta vaziyatda esa suvdan maxsus ruxsatnomasiz foydalanganlik holatlari kuzatilib, mazkur kamchiliklar Inspeksiya tomonidan to‘liq bartaraf etildi.
Agronspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 4 971 ta maʼmuriy va 3 478 ta moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi. 2 ming 171 ta holatda to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlariga kiritildi.
O‘z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida 14 ming 824 ta yozma ko‘rsatma va 742 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lib, 16 ming 897 ta holat bo‘yicha suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, 2022 yilning yozgi sug‘orish mavsumi uchun suv olish limitlari har bir foydalanuvchi va isteʼmolchiga taqsimlanib, yetkazilishi nazorat qilinishi natijasida 76 ming 637 ta suvdan foydalanish va suv isteʼmoli bo‘yicha shartnomalar tuzilishiga erishildi
Qolaversa, suv yetkazib beruvchi tashkilotlar hisobidagi 618 ta suvni boshqarish vositalari, 611 ta suv o‘lchash vositalari taʼmirlanishi, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sug‘orish tarmoqlaridagi 1 101 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 1 529 ta suv olish joylari suv o‘lchash vositalari bilan jihozlanishi taʼminlandi;
joylardagi suv omborlaridan suv chiqarishni qatʼiy belgilangan rejim asosida amalga oshirilishi natijasida 22 ta suv omboridan hamda 194 ta nasos stansiyasidan belgilangan tartibga amal qilmasdan ruxsatsiz suv chiqarish holatlari bartaraf etildi va suv chiqarishni qatʼiy belgilangan rejim asosida amalga oshirilishi nazoratga olindi.
Shu bilan birga, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishiga oid qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 18 ming 881 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazildi.
Berilgan aniq ko‘rsatmalar va amaliy choralar natijasida jami 15 ming 185 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni isrof bo‘lishining oldi olindi.
Jumladan, ekin maydonlarini ko‘llatib sug‘orib, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yish, suvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qo‘yish, sug‘orish ishlariga yetarli darajada suvchilarni jalb etmay, dalada suvni qarovsiz qoldirish, limitdan ortiqcha suv olish, ajratilgan suvdan boshqa maqsadlarda foydalanish va boshqa shu kabi suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibini buzish holatlari aniqlanib, kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi.
Shuningdek, 3 ming 696 ta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyadan foydalanmasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini anʼanaviy sug‘orishga yo‘l qo‘yilishining oldi olindi.
Buning natijasida esa, davlatdan subsidiya olib, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan, lekin mazkur texnologiya ishlamasdan turgan 15 ming 818 gektar maydonda ularni qayta ishga tushirilishiga erishildi.
Inspeksiya xodimlarining bevosita amaliy yordami bilan :
2107 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari o‘rtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi;
2576 ta holatda suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi;
486 ta joyda o‘quv - amaliy seminarlari tashkil qilindi hamda
1840 ta holatda amaldagi qonun hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgartirishlarni tushuntirish, undagi talablar buzilishining oldini olishga qaratilgan uslubiy va tavsiyaviy yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda, Inspeksiya xodimlari tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi natijasida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyati darajasi yuksalib, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish taʼminlanmoqda.