O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazish shartligi belgilab qo‘yildi.
2022 yil boshidan suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishiga oid qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 8 ming 979 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, natijada fermer, dehqon xo‘jaliklari va klaster tashkilotlarining 19 ming 121 nafar ishtirokchilari o‘rtasida suv isteʼmoli va suvdan foydalanish madaniyati oshishi, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanilishi taʼminlanmoqda.
Xususan, o‘tkazilgan profilaktika tadbirlarining 7101 tasi qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni isrof bo‘lishini erta oldini olish maqsadida o‘tkazilgan bo‘lsa, 1878 ta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyadan foydalanmasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini anʼanaviy sug‘orishga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilgan.
Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi