O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan, 2022 yil 1 yanvardan nazorat qiluvchi organlar tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlarni o‘tkazishga qonunbuzilishlarga yo‘l qo‘yilishini oldini olish bo‘yicha profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yilishi ko'rsatib o'tilgan. Shunga ko'ra Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sohasidagi inspektorlar tomonidan suvdan samarali va oqilona foydalanish, suv isrofgarchiligiga yo‘l qo‘yilishi holatlarni erta oldini olish maqsadida joylarda profilaktika tadbirlari o‘tkazishga eʼtibor kuchaytirilgan.
Xususan, joriy yil boshidan suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishiga oid qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 10 ming 927 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, unda 21 ming 464 nafar fermer xo‘jaliklari va klaster tashkilotlari ishtirokida tadbirlar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan profilaktika tadbirlarida aniq ko‘rsatmalar va amaliy choralar ko‘rib borilishi natijasida 8737 ta holatda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni isrof bo‘lishi oldini olish choralari ko‘rilgan bo‘lsa, 2190 ta holatda suv tejovchi texnologiyalar o‘rnatilgan maydonlarda mazkur texnologiyadan foydalanmasdan, qishloq xo‘jaligi ekinlarini anʼanaviy sug‘orishga yo‘l qo‘yilishi oldi olinishiga erishildi.
Bundan tashqari, suv tanqisligi sezilgan hududlarda bir sug‘orish tarmog‘idan foydalanuvchi fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqalar o‘rtasida suvdan navbatlab foydalanish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilib kelinmoqda.
Bugungi kunda, Suv nazorati inspektorlari tomonidan profilaktika tadbirlari o‘tkazilishi natijasida suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyati darajasi yuksalib, sug‘orish uchun ajratilgan suv resurslaridan oqilona va tejab foydalanish taʼminlanmoqda.
"O‘zagroinspeksiya"ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi