Mintaqamizda kuzatilayotgan suv tanqisligini salbiy taʼsirini yumshatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2022 yilda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha Navoiy viloyatida 10 ming 700 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish belgilangan.
“O‘zagroinspeksiya”ning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan mazkur Qaror ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Bugunga qadar, viloyatda 2022 yil rejasidagi tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha 12421 ga maydon uchun pudrat va 10759 ga maydon uchun kredit shartnomalari tuzildi. Jumladan, bu ko‘rsatkichlar Karmana tumanida 700 gektar, Qiziltepada 2780, Navbahorda 4450 , Xatirchida 2829 gektarni tashkil qiladi.
Hozirgi kunga qadar viloyatda 2477 gektar maydonda qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. 103 ta fermer xo‘jaligining yer maydonida hovuz qazish ishlari yakunlangan hamda 383 gektar yer maydonlarida markaziy quvurlar montaj qilingan. 515 gektar maydon uchun nasos va filtr qurilmalari o‘rnatilgan.
Xususan, Qiziltepa tumani “Toshrabot” hududidagi “Mavlono Andokiy”, “Kamronbek Moxlarbegim”, “Obod turmush tolasi”, “Savriddin gulnora”, X.Sulaymonov hududidagi “Amin ota”, “Nuriddin”, “Shohbek hayoti”, “Kurbon latif”, “O‘rtacho‘l yulduzi” hududidagi “Dilshod Dilnur 2020”, “Ostonabobo”, “Sattor-2000”, “Ibroxim Adiz quruvchi”, G‘oridevon xududidagi “Aslon Nazar”, “G‘ardiyon tongi”, Vang‘ozi hududidagi “Paxtaobod mashʼali”, “Abduvoxid” fermer xo‘jaliklari bilan shartnomalar rasmiylashtirildi.
- Bugungi kunda joriy etilgan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha doimiy tarzda profilaktik tadbirlar va monitoringlar o‘tkazib kelinmoqda, - deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi bosh inspektori Mehriddin Vohidov. – Jumladan, Navbahor tumanidagi “Istamjon”, “Uchtut uch o‘g‘lon”, “Jayra”, Qiziltepa tumanida “Haydar Istam”, “G‘oybon agro tola” “Rabotning barakali zamini”, “Xonzurun Oqshomi”, “Bashirning barakali zamini”, “Axmad Namoz”, “Hoji husenbobo” kabi fermer xo‘jaligi rahbarlariga ogohlantirish xatlari berildi.
Shuningdek, Prezidentimizning 144-sonli Qarori ijrosi yuzasidan monitoring tadbirlari o‘tkazilib, xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan fermerlarga nisbatan profilaktik choralar qo‘llanilmoqda.
Z. Boboyeva, “O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati