O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan joylarda Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, suvdan oqilona va samarali foydalanish hamda suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat olib borilmoqda.
Hisobot davrida, sunʼiy suv obyektlarida suvdan oqilona va samarali foydalanilishi hamda suvdan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan o‘tkazilgan 10 497 ta nazorat tadbirlarida 6 431 ta holatda qonun va tartib buzilishi holatlari aniqlangan.
Suv isteʼmolchilari tomonidan sodir etilgan qonun va tartib buzilishlar natijasida 655 ta holatda 180 gektar qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari ko‘llatib yuborilgan, 1001 ta holatda suvlar kollektor-drenaj tarmoqlariga foydalanilmasdan tashlab qo‘yilgan, 785 ta holatda ruxsat etilmagan joylardan shartnoma tuzmasdan 8655 ming.m3 suvlar egallab olingan.
Yuqoridagi qonunbuzilishi holatlarini kelib chiqish sabablari o‘rganilib, kelgusida shu kabi qonunbuzilishlarni oldini olish bo‘yicha Inspeksiya tomonidan tegishli tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga 7524 ta ogohlantirish 1019 ta yozma ko‘rsatma va 297 ta taqdimnomalar kiritildi.
O‘z navbatida, aniqlangan qo‘pol qonun buzilishi holatlariga nisbatan Inspeksiya tomonidan 2650 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 810,3 mln. so‘mlik maʼmuriy va 1197 ta 870,0 mln. so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanildi.
Bundan tashqari, 769 ta qonun buzilishi holatlari yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqishlik uchun sud va prokuratura organlariga yuborilishi taʼminlandi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 4502 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli, 523 ta holatda suv obyektlarining holatiga taʼsir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, 113 ta holatda suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlarini buzish, 115 ta holatda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli rejalarini buzish, 215 ta holatda suvlarning davlat hisobini yuritish, 138 ta holatda suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalari buzilganligi va 826 ta boshqa holatdagi qonunbuzilishlar maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, suv xo‘jaligining 698 ta inshootlari va 198 ta qurilmalari nosozligi, 2729 ming.m3 suvlar suv isteʼmolchilari tomonidan limitdan ortiqcha olinganligi aniqlanib, mazkur kamchiliklar Inspeksiya tomonidan to‘liq bartaraf etilishi taʼminlandi.
Bugungi kunda belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi