Ру Ўз O`z En

SUVDAN FOYDALANISHDA TARTIB BOR!

28 Dekabr 2021 1652

“O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan viloyatdagi suv xo‘jaligi tashkilotlari bilan birgalikda ularning tasarrufidagi irrigatsiya tizimlari va nasos stansiyalari ko‘zdan kechirib, aniqlangan noqonuniy suv olish joylari (nasos agregatlari, sifon, quvur va boshqalar) yuzasidan vakolat doirasida taʼsir choralari ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, “Parkent–Qorasuv” irrigatsiya tizimi boshqarmasi hisobida bo‘lgan O‘rtachirchiq tumanidagi “LKR” kanalining PK60+00 qismida, Ohangaron tumanidagi “Hamdam” kanalining PK492+00 qismida, PK341+00 qismida, PK145+38 qismida, Quyichirchiq tumanidagi “RK-10” kanalining PK10+00 va PK15+10 qismlarida, Toshkent magistral kanali boshqarmasi hisobidagi Toshkent magistral kanalining O‘rtachirchiq tumani hududidan o‘tgan PK120+00 qismi va  PK121+00 qismilarida, Yuqorichirchiq tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Ag‘anay” kanalining PK20+73 qismida, PK28+40 qismi va  “Baf” kanalining PK55+50 qismida, Oqqo‘rg‘on tuman irrigatsiya bo‘limi hisobidagi “Shoxmalik” kanalining PK100+20 qismlarida noqonuniy suv olish joylari ochib olinib, ruxsatsiz nasos o‘rnatilgan holda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan maʼmuriy va jarima sanksiyalari qo‘llanildi.

Bugungi kunda Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan ruxsat etilmagan joylardan suv olish holatlari yuzasidan tizimli monitoring o‘rnatilgan bo‘lib, aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tegishli choralar ko‘rib borilmoqda.

s.Sadikov, “O‘zagroinspeksiya” Toshkent viloyat boshqarmasi boshlig‘i                                                                                     

B.Raxmatov,   “O‘zagroinspeksiya”  Toshkent viloyat boshqarmasi katta inspektori               

 

Text to speech