G‘alladan mo‘l hosil yetishtirish yuzasidan o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlardan yana biri, ekin maydonlarini peshma-pesh sug‘orishdan iborat. Mazkur agrotexnik tadbirlar “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarma va bo‘limlari tomonidan nazorat qilinmoqda.
Xususan, “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan oqilona foydalanish yuzasidan 918 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, sohaga oid 1000 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, tegishli taʼsir choralari qo‘llanildi, — deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi katta inspektori Mamarasul Do‘stmurodov. — Jumladan, aniqlangan qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan masʼul shaxslarga nisbatan vakolat doirasida 576 ta holatda 203,4 mln. so‘mlik maʼmuriy va 252 ta holatda 456,5 mln. so‘mlik moliyaviy jarima sanksiyalari qo‘llanilgan bo‘lsa, 96 ta holatda to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborildi.
Shuningdek, qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan 44 ta taqdimnomalar kiritilib, aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etishlari yuzasidan 284 ta yozma ko‘rsatmalar berilgan bo‘lsa, huquqbuzarlik sodir etilishining erta oldini olish maqsadida 1558 ta suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida inspeksiyaning Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan 101 ta nazorat tadbiri davomida 80 ta, Guliston tuman bo‘limi tomonidan 111 ta nazorat tadbiridan 87 tasida, Mirzaobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 89 ta nazorat tadbiri davomida 57 ta, Oqoltin tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 129 ta nazorat tadbiri davomida 114 ta, Sardoba tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 93 ta nazorat tadbiri davomida 63 ta, Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 75 ta nazorat tadbiri davomida 48 ta, Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 164 ta nazorat tadbiri davomida 101 ta va Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan 73 ta nazorat tadbiri davomida 56 ta, qonunbuzilishi holati aniqlanib, tegishli taʼsir choralari qo‘llanilgan.
Bugungi kunda, Inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan 2022 yil hosili uchun ekilgan kuzgi boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarni peshma-pesh sug‘orilishi hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga qatʼiy rioya etilishi ustidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.