"O‘zagroinspeksiya"ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori talablaridan kelib chiqib, suv va suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish, suv isrofgarchiligini oldini olish maqsadida monitoring tadbirlari o‘tkazilib kelinmoqda.
O‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida suv isteʼmolchilar tomonidan, suvni isrof qilish, oqilona foydalanmaslik holatlari aniqlanib, belgilangan tartibda maʼmuriy va iqtisodiy sudlarga davo arizalari kiritilib, yetkazilgan zarar belgilangan tartibda inspeksiya foydasiga undirilib, suv isteʼmoli yuzasidan belgilangan qonun-qoidalarni qasddan buzgan fuqaro va tadbirkorlik subyektlariga ogohlantirish xatlari berilyapti.
Jumladan, o‘tgan yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishgan holda viloyatda monitoring tadbirlarini o‘tkazgandik, - deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi” bosh inspektori Baxodir Mamirov. – O‘tkazilgan tadbirlarda, Guliston tumanidagi “O. N. D.O.” fermer xo‘jaligi suv va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanmay, hech qanday shartnomasiz, tuman hududidagi 53,1 gektar yer maydoniga sholi ekib, o‘sha joydagi zovurdan suv nasosi orqali suv tortayotgani aniqlangan.
Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasining “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksining 74-moddasi ikkinchi qismiga asosan, maʼmuriy ish qo‘zg‘atilib, 141,4 ming kubometr suvdan xo‘jasizlarcha foydalanganligi va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘yganligi uchun fermer xo‘jaligiga nisbatan 10 392 900 so‘m miqdorida moliyaviy jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Fermer xo‘jaligi tomonidan moliyaviy jarima sanksiya ixtiyoriy to‘lab berilmaganligi sababli inspeksiyaning Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilindi, - deydi Jamol Bekmurodov “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Maʼmuriy amaliyot bo‘limi” katta inspektori. – Natijada, sudining 2022 yil 17 fevraldagi hal qiluv qaroriga asosan, undan inspeksiya foydasiga 10 392 900 so‘m miqdorida moliyaviy jarimani undirish belgilandi
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlariga ko‘ra, suv O‘zbekiston Respublikasining davlat mulki — umummilliy boyligi hisoblanadi, suvdan oqilona foydalanish lozim bo‘lib, u davlat tomonidan himoyalanadi. Undan xo‘jasizlarcha foydalanganlik va isrof bo‘lishiga yo‘l qo‘yganlik uchun esa javobgarlik muqarrardir.
“O‘zagroinspeksiya”niing Sirdaryo viloyat boshqarmasi Axborot xizmati.