Dunyoda suv tanqisligi yuzaga kelayotgan murakkab davrda, Respublikamizda mavjud suv resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Inspeksiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi Ellikqalʼa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanuvchi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalarining suvdan foydalanish ahvoli o‘rganilganida tumanning, "Navoiy ovul" fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat olib borayotgan “Bog‘yop nasl chorvasi” va “Ellikqalʼa” ovul fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat yuritayotgan “Bo‘ston 18” fermer xo‘jaligi rahbarlari tomonidan suvdan belgilangan tartibda foydalanmasdan, o‘zboshimchalik bilan talabnoma topshirmasdan (talonsiz) foydalanilayotganligi aniqlandi.
Inspeksiyaning Ellikqalʼa tumani bo‘limi tomonidan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishliligi bo‘yicha ko‘rib chiqish uchun Sudga materiallar kiritildi.
Tartibbuzarlik o‘z vaqtida bartaraf etilishi natijasida hududda 15,2 gektar maydonning suv taʼminoti yaxshilandi.
Bugungi kunda, Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan joylarda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibiga amal qilinishi ustidan belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini o‘tkazilib kelinmoqda.
S.Kuranbayev, Inspeksiyaning Ellikqalʼa tuman bo‘limi katta inspektori