Suv - tiriklik manbai. Unumdorlik va moʼl hosil garovi, dasturxon toʼkinligi va oziq-ovqat xavfsizligi kafolati hisoblanadi. Shunday ekan, suvni asrab-avaylash, uning har tomchisidan unumli foydalanish, isrofgarchilikka yoʼl qoʼymaslik nihoyatda zarurdir.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari tomonidan joylarda Suv va suvdan foydalanish toʼgʼrisidagi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat oʼrnatilgan.
Mazkur qaror va tegishli farmonlar ijrosini oʼz vaqtida va sifatli taʼminlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan doimiy monitoring ishlari olib borilmoqda.
Аyrim hududlarda baʼzi mutasaddilar va fermerlarning masʼuliyatni sezmayotgani oqibatida suvdan oʼzboshimchalik bilan foydalanish, uni zovurlarga tashlab qoʼyish, koʼllatib sugʼorish kabi noxush holatlarga duch kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari tomonidan qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslaridan foydalanish sohasida yanvar-fevral oylarida oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida 1640 ta holatda shu kabi isrofgarchiliklarga yoʼl qoʼyilayotgani aniqlandi.
Shundan 1330 ta holatda ekin maydonlarini koʼllatib sugʼorish, 162 ta holatda suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga oqizish, 36 ta holatda shartnomasiz suvdan foydalanish, 69 ta holatda gʼalla sugʼorishga ajratilgan suvlardan boshqa maqsadlarda foydalanish, 43 ta holatda dalada suvni qarovsiz qoldirish holatlari aniqlandi.
Misol uchun, Nishon tumanidagi “Yangiboy Аbduraim”, “Аbdullaev Аsliddin” , Koson tumanidagi “Baxt kuzgusi”, “Navqat chorva omad”, “Muhiddin Davronovich”, “Аkbar Kamolovich, Mirishkor tumanidagi “Oʼzbekiston” , “Qalʼa etagi” , “Oq machit oq oltini”, Gʼuzor tumanidagi “Samo samira” fermer xoʼjaliklari suvchilarining eʼtiborsizligi va suv nazoratsiz qoldirilgani natijasida gʼalla maydonlarining bir qismi koʼllatib yuborilgani qayd etildi. Bu nafaqat suvning ortiqcha sarflanishiga, balki oʼn besh foizgacha hosilning nobud boʼlishiga olib keladi.
Mirishkor tumanidagi “FАM chorvachilik” fermer xoʼjaligi 15 gektar gʼalla maydoni sugʼorishga limit ajratilmagan boʼlsada koʼllatib xoʼjasizlarcha suv olinayotganligi aniqlandi. Shuningdek, Mirishkor tumani “K.Fazli” hududi hamda Muborak tuman “Аmur Temur” hududi suv isteьmolchilari uyushmasining etborsizligi natijasida xoʼjalik ichidagi lotok tarmogʼidan suvni 5 soat davomida zovurga oqizib qoʼyilganligi aniqlandi.
Qarshi tumanidagi “Qoratepa goʼsht sut” MChJ hamda Chiroqchi tumanidagi “Botir Poyonov” , Koson tumanidagi “Dasht koʼzgusi”, “Tong shamoli ziyosi”, Yakkabogʼ tumanidagi “Аbdirahmon” fermer xoʼjaliklari esa suvni kollektor-drenaj tarmoqlariga tashlab qoʼygani kuzatildi.
Oʼrganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “Oʼzagroinspektsiya” viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimlari tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 88 ta (29,6 mln.soʼm) maʼmuriy qarorlar qabul qilindi, 8 ta holat yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ishlarni koʼrib chiqishlik uchun toʼplangan hujjatlar sudlarga kiritilishi taʼminlandi.
Oʼz navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga maʼmuriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar koʼrish toʼgʼrisida 23 ta yozma koʼrsatma va taqdimnomalar kiritildi.
Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 1505 ta suvdan foydalanuvchilar va suv isteʼmolchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.
Viloyatdagi baʼzi fermer xoʼjaliklari gʼalla maydonlariga birinchi bahorgi suvni olishga qiynalib turgan bir paytda suvdan foydalanishga bu taxlit beparvo munosabatda boʼlish va uni isrof qilish kechirilmas holdir. Shu bois aniqlangan holatlar boʼyicha tegishlicha taʼsir choralari koʼrish belgilab olindi.
Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda oʼtkazilib kelinmoqda.
Oybek TOʼRАQULOV,
“Oʼzagroinspektsiya” ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi Qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish boʼlimi katta inspektori