Toshkent viloyatida 2024-yil hosili uchun paxta terim mavsumida qatnashadigan tirkamalarni taʼmirlash maqsadida viloyatda mavjud 1 ming 304 dona traktor tirkamalarini markazlashgan holda taʼmirlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Dislokatsiya bo‘yicha belgilangan manzillarda to‘liq yig‘ilgan har bir tirkama bo‘yicha nuqsonlash dalolatnomalari tuzilib taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.
Bugungi kunda mavsum oldi tayyorgarlik ishlari qizg‘in pallaga kirgan bo‘lib, taʼmirlash maskanlarining o‘zida ustalar uchun to‘liq shart-sharoitlar yaratilgan, jumladan, ovqatlanish uchun oshxona va issiq ovqat tashkillashtirilgan.
Bundan tashqari har bir tumanda taʼmirlash ishlarini samarali tashkil etish maqsadida 5 tadan taʼmirlash guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, xar bir guruhga 5 nafardan taʼmirlash ustalari jalb etilgan. 2024 yil hosili uchun paxta terim mavsumida qatnashadigan tirkamalarni taʼmirlash ishlarining sifatli olib borilishi, texniklarni taʼmirlashdan oldin nuqson dalolatnomalarining to‘g‘ri tuzilishi "O‘zagroinspeksiya"ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi xodimlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
R.Shermatov, Inspeksiyanigg Toshkent viloyat boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish shoʻba boshlig‘i