Viloyatning soha vakillari ishtirokidagi Ohangaron tumanida 2024 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda boshoqli don ekinlarini ekishda amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar, agrotexnik tadbirlar, shuningdek, don ekinlarini kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar haqida gapirildi. Suv tejovchi texnologiyalar afzalligi va davlat tomonidan beriladigan imtiyozlar xususida ham so‘z yuritildi.
Aytish mumkinki, joriy yilda viloyat tumanlarida 2024 yil hosili uchun 103 ming gektar suvli maydonlarda boshoqli don ekinlari ekish rejalashtirilgan. Shu jumladan, ochiq maydonga 37 ming 262 ga, g‘o‘za qator orasiga 65 ming 738 ga maydonga ekiladi. Viloyatda jami 390 ta g‘alla ekish texnikalari mavsumga shay holatga keltirildi.
E.Ziyadullayev, “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyati
boshqarmasi Qishloq xoʼjaligida agrotexnik
tadbirlar oʼtkazilishini nazorat qilish
boʼyicha bosh mutaxassisi