Ру Ўз O`z En

Texnikalar mavsumga shayligi o‘rganilmoqda

14 Sentyabr 2021 1683

Agroinspeksiyaning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 avgustdagi "2021 yil paxta hosilini uyushqoqlik bilan nest-nobud qilmasdan o‘z vaqtida va sifatli yig‘ib-terib olish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar to‘g‘risida"gi 153-sonli yig‘ilish bayoni ijrosini taʼminlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Unda paxta yig‘im terim mavsumida qatnashadigan 168 ta transport traktorlari, 288 ta tirkamalarni taʼmirlash, jihozlash ishlari tizimli asosda tahlil qilib borilmoqda.

Xususan, paxta yig‘im terim mavsumida qatnashadigan transport texnikalari so‘ndirgichidan (glushitel) uchqun chiqmasligi uchun kerakli moslamalar o‘rnatilib, tirkamalarga ulagich bilan birgalikda maxsus zanjirlar taqildi. Transport texnika va tirkamalarga yoritish chiroqlari hamda nur qaytargichlar o‘rnatildi.

Shuningdek, inspeksiyaning sohaviy inspektorlari  tomonidan, klaster korxonalari va fermer xo‘jaligi rahbarlariga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, texnikalarni joriy texnik ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazish, davlat raqam belgisi mavjud bo‘lmagan texnikalarni boshqarmaslik ularni o‘z vaqtida ro‘yxatga qo‘yish yuzasidan bildirishnomalar taqdim etildi. 

O‘zagroinspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

 

Text to speech