Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi viloyat boshqarmasi texnika holati va agrotexnik tadbirlarni nazorat qilish bo‘limi tomonidan sohada qabul qilingan hukumat qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida 2021 yilning birinchi yarim yilligi davomida qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 253 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, ularda 274 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlandi, shundan 27 ta tekshirish va 226 tasini monitoringlar tashkil etadi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida qonunbuzilishlarning oldini olish maqsadida korxona va tashkilotlarga 3 ta taqdimnoma, 10 dona yozma ko‘rsatma berilib, 261 ta holatda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 11 dona maʼmuriy bayonnomalar qonuniy qaror qabul qilish uchun sudlarga yuborildi.
Bundan tashqari, 567 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarga qonun buzilishining oldini olish maqsadida ogohlantirishlar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 apreldagi 325-son qarori ijrosi yuzasidan jami 874 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda agregatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi taʼminlandi.Ushbu texnikalarga 596 dona davlat raqam belgilari berildi.
Shu bilan birga 2 511 dona yangi namunadagi texnik pasportlar berilib, navbatdagi texnik ko‘rik vaqtida 1861 dona eski namunadagi texnik pasportlar almashtirildi.
623 dona qishloq xo‘jaligi agregatlariga ham yangi namunadagi texnik guvohnomalar berilgan bo‘lib, shundan 217 donasi yangidan, 390 donasining esa texnik ko‘rik vaqtida eski namunadagi texnik guvohnomalar almashtirilishi taʼminlandi.
- Joriy yilning 6 oyi mobaynida jami 390 dona shundan 256 ta qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari va 134 dona qishloq xo‘jalik agregatlari belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan chiqarilgan bo‘lsa, 51 dona yaroqsiz holga kelgan texnikalar hisobdan chiqarildi, - deydi “O‘zagroinspeksiya” viloyat boshqarmasi bosh inspektori Behzod BOZOROV.- Bundan tashqari, o‘tgan olti oy davomida viloyatda mavjud 13 075 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda agregatlarning 4 351 donasi texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Mazkur texnikalarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish ishlari davom ettirilmoqda.
Shu bilan birga, jami fuqarolarning murojaatlariga asosan 1 281 dona traktorchi-mashinist guvohnomalari berildi. Shundan 321 tasi imtihonlar asosida berilgan bo‘lsa, 901 tasida fuqarolarning eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomalari yangi namunalarga almashtirildi.
Maʼlumot o‘rnida, bugungi kunda “O‘zagrolizing” AJ Navoiy filiali tomonidan 239 dona turli rusumdagi qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari hamda qishloq xo‘jalik agregatlari fermer xo‘jaliklariga yetkazib berilgan. Inspeksiya viloyat boshqarmasi tomonidan ushbu texnikalarni belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlari olib borilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” Navoiy viloyat boshqarmasi matbuot xizmati