Ру Ўз O`z En

Dam olish kunidan unumli foydalanildi

18 Sentyabr 2023 2503

2023 yilda xodimlarning to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Qishloq xo‘jaligi huzuridagi Agrosanoat majmua ustidan nazorat qilish inspeksiyasi kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan 2023 yilda xodimlarning to‘liq dam olishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish va dam olish, bayram kunlaridan oqilona foydalanish maqsadida bir qator amaliy ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Jumladan, Prezidentning "Respublikada milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-222-sonli qaroriga asosan  mamlakatimizda milliy qadriyatlarimizni, shu qatorda milliy askiya va qiziqchilik sanʼatini asrab-avaylash, keng targ‘ib etish va kelgusi avlod uchun nomoddiy madaniy meros sifatida yetkazish doirasida zarur chora tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.

Mazkur chora-tadbirlar natijasi o‘laroq, xodimlarning dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida tizimidagi 30 nafardan ziyod xodimlar oila aʼzolari bilan birgalikda Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida bo‘lishdi. Musiqali komediya yo‘nalishidagi sahna ko‘rinishi barchaga birdek maʼqul kelib, tomoshabinlarda kayfiyat yuqori bo‘ldi . Inspeksiya tizimida bu kabi tadbirlar kelgusida ham davom etadi.

"O‘zagroinspeksiya" axborot xizmati

Text to speech