Ру Ўз O`z En

Mahalla obod- yurt obod!

24 Avgust 2024 1230

Xalqmizda azaldan tozalik va orastalikka, obodonchilik ishlariga alohida eʼtibor qaratilgan.

 

Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan, ularni munosib nishonlash va tayyorgarlik ko‘rish maqsadida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi anʼanaga aylangan.

Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami oldi, «Mahalla obod — yurt obod!» shiori asosida joriy yilning 24-25 avgust kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari deb eʼlon qilindi.

Shunga ko‘ra, «O‘zagroinspeksiya» markaziy apparati, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limi binolarida umumxalq xayriya hashari uyushqoqlik bilan tashkil etildi.

Erta tongdanoq xodimlar tomonidan ko‘chalar, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi.

Bino hovlisidan ortiqcha shoh va barglardan yig‘ishtirib olinib, yerlar tartibga keltirildi.

Hasharchilar mehnati orqali hudud obod va sarishta bo‘ldi.

Inspeksiya Axborot xizmati

Text to speech