Ру Ўз O`z En

O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi ochiladi

27 Iyun 2024 1395

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda “O‘zagroinspeksiya” vakillaridan iborat delegatsiya Turkiya poytaxti Anqara shahrida bo‘lib turibdi, soha tashkilotlari rahbarlari bilan o‘zaro hamkorlik masalasidagi rasmiy uchrashuvlar davom etmoqda.

Anqaraga safarning uchinchi kunida, Urug‘chilik sanoati va ishlab chiqaruvchilari ittifoqi bosh kotibi  Dr. Hamit AYANOĞLU bilan, so‘ngra Turkiya urug‘chilik ittifoqi (TURKTÖB) prezidenti Hacı Ömer GÜLER, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti davlatlari urug‘chilik uyushmasi (ECOSA) bosh kotibi Dr. Muhteşem TORUN va ko‘chat yetishtiruvchilar uyushmasi boshqaruv raisi Serdar ŞENDAĞlar bilan samarali  uchrashuvlar o‘tkazildi.

Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan kelishuvlarga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi bo‘yicha o‘zaro tajribalar almashilishi hamda xalqaro standartlarga mos O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazini ochilishi ko‘zda tutilmoqda.

 "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech