Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida Paxta hosilini o‘z vaqtida sifatli yig‘ib terib olishda paxta terish mashinalari muhim o‘rni yuzasidan seminar tashkil qilindi

29 Avgust 2023 2555

Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida joylashgan “TST SlusterMCHJ MMTP binosida g‘o‘za maydonlarida paxta yig‘im-terimi ishlariga jalb qilingan “Sase 420” rusumli paxta terish mashinalarining avzaliklari bo‘yicha joriy yilning  27-avgust kuni ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.

Seminarda viloyat hokimining Qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, «O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyati boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i hamda Quyichirchiq bosh mutaxassislari va bir qator soha vakillari ishtirok etib, tumanda “TST Agro ClusterMCHJ tomonidan ekilgan 11200 gektar paxta maydonlarida 25 dona “Case 420” rusumli va 50 dona «MX-1.8» rusumli paxta terish mashinalari yordamida paxta hosilini  nobud qilmasdan yig‘ib terib olish belgilangan.

Paxta hosilini o‘z vaqtida sifatli yig‘ib terib olishda paxta terish mashinalari muhum o‘rin tutadi. Bu borada “Sase 420” rusumli paxta terish mashinalari xalqaro standartlarga javob beradi. Joriy yilgi paxta yig‘im mavsumi oldidan “Case 420” mashinalaridan unumli foydalanish bo‘yicha tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda malakali mexanizatorlarni tayyorlash, mavsum davomida sifatli servis xizmatlarini ko‘rsatish, eng muhimi yuqori samaradorlikka erishish maqsadlari haqida fikir almashildi. Tadbirda so‘z olganlar “Case 420” rusumli paxta terish mashinasi kabi zamonaviy va samarador mashinalar paxta hosilini qisqa fursatda terib olish, qo‘l mehnatiga barham berishda fermer va dehqonlarga yaqin ko‘makchi ekkanligini taʼkidlashdi. Xar bir “Case 420” rusumli paxta terish mashinasi 400 nafardan 500 nafargacha qo‘l terimi o‘rinini bosadi. Paxta terish mashinasi bilan majburiy qo‘l terimi mehnatini bartaraf qilishda o‘rni beqiyos bo‘ldi. “Case 420” rusumli paxta terish mashinasi paxta terish maydonining 4 qatorini qamrab olib bunker sig‘imi 3,8 tonna. Ushbu model orqali bir kunda 30 tonnagacha paxta terish imkoniyati mavjud. Mashina kam yoqilg‘i sarfiga qaramay, maksimal terish samaradorligini namoyon qiladi. Shuningdek uzoq muddatli ishlash imkoniyati, tashqi muhitga salbiy tasir ko‘rsatmaslik singari jihatlarham “Case 420”ning avazaliklaridir.

 

 

«O‘zagroinspeksiya»ning Toshkent viloyati boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi boshlig‘i R.Shermatov va Quyichirchiq tumani bosh mutaxassisi O.Baratov.

 

Text to speech