Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyati uchun 2021-2022 yillarning kuz-qish mavsumida 1125 mln. metr kub suv limiti tasdiqlangan

14 Oktyabr 2021 1698

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 apreldagi “Suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini hamda monitoringini yuritish tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 174-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida suvdan foydalanish va suv isteʼmolida suv resurslarining hisobi va hisobotini yuritish uchun xizmat ko‘rsatadigan foydalanuvchi tashkilot bilan suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchisi o‘rtasida suvning kundalik hisob jurnallari yuritilishi ustidan nazorat o‘rnatildi.

Toshkent viloyati bo‘yicha jami 8208 dona suvning kundalik hisobot jurnallari shundan; 1228 dona viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan suv xo‘jaligi tashkilotlari, tuman irrigatsiya bo‘limlari hisobidagi irrigatsiya tarmoqlarining 2135 dona suv olish joylarida hamda suv isteʼmolchilari uyushmalari bilan isteʼmolchilar o‘rtasida yuritiladigan 4845 dona suvning kundalik hisob jurnallari, har bir varag‘i tikilgan va muhrlangan holda Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Shuningdek, 2021-2022 yillarning kuz-qish mavsumida viloyat bo‘yicha jami 1125 mln. metr kub, shundan sug‘orish ishlariga 339 mln. metr kub va sanoat energetika ehtiyojlari uchun 786 mln. metr kub suv limiti tasdiqlangan.

O‘z navbatida, Inspeksiyaning  Toshkent viloyati boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha tasdiqlangan suv olish limitlari adolatli taqsimlanishi nazoratga olindi hamda suvdan foydalanish va suv isteʼmoli to‘g‘risida 4041 ta, shundan 37 ta suv yetkazib beruvchi suv xo‘jaligi tashkilotlarida, 34 ta suv yetkazib beruvchi va suvdan foydalanuvchi yoki suv isteʼmolchisi o‘rtasida va 3970 ta tumanlardagi suv isteʼmolchilari uyushmalari bilan suv isteʼmolchilari o‘rtasida tuzilgan shartnomalar reyestrini belgilangan tartibda nazoratini taʼminlash uchun olindi.

Bugungi kunda, mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanishi Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

B.Raxmatov, Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi bosh inspektori 

 

Text to speech