Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida 2022 yil g‘alla hosilidan qabul qilingan bug‘doyni tahlil natijalari

29 Iyul 2022 3050

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28 maydagi “2022 yil hosili g‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-262-sonli qaroriga asosan 2022 yil hosilida fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgan boshoqli don ekinlari hosilini sifatli qabul qilish, saqlash hamda nobudgarchiliklarning oldini olish borasida bir qator vazifalar ijrosi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish Inspeksiya zimmasiga yuklatilgan.

O‘zagroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi tizimida “Paxta xom-ashyosi, don, urug‘lar va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish” bo‘limi tomonidan yuqorida ko‘rsatilgan Qarorlar ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazilib, monitoring ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

 

Viloyatimizda 2022 yil hosilidan jami 256 599 tonna don shahobchalariga qabul qilindi, shundan 199 201 tonna jamg‘arma namlik ko‘rsatgichi 12,24 foiz, ifloslik ko‘rsatgisi 3,36 foiz, donli aralashma 5,54 foiz hamda natura og‘irligi 760 gramm litr, 57 398 tonna vaqtinchalikda namlik ko‘rsatgichi 11,90 foiz, ifloslik ko‘rsatgichi 2,36 foiz, donli aralashma 5,36 foiz hamda natura og‘irligi 757 gramm litr sifat ko‘rsatgichlari bilan don qabul qilindi.

Mavsumda Inspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasiga 163 ta nizoli holatlar bo‘yicha murojaatlar bo‘lib, barchasi joyida hal etildi. Shundan, 53 ta holatda bug‘doyning namligi va iflosligi chegaralangan meʼyordan yuqoriligi, 31 ta holatda bug‘doyning sinfi, 79 ta holatda mavsumda don topshirish tartibi bo‘yicha nizolar hal etildi.

 

Shuningdek, qabul qilingan bug‘doy donlarini bo‘lim hamda tumanlardagi don qabul qilish shahobchalariga biriktirilgan inspektorlar tomonidan nes-nobud qilmasdan saqlanishi nazoratga olingan.

 

Shu bilan birga don korxonalari va don qabul qilish maskanlarda bug‘doy donini nes-nobud qilmasdan yopiq sig‘imlarga kiritilishi, yaʼni korxona elevatorlariga hamda don qabul qilish shahobchalaring ayvonlari va omborlariga kiritish ishlari nazorat qilib borilmoqda.

 

 

B.Umarxodjayev, “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi bosh inspektori

Text to speech