Ру Ўз O`z En

Toshkent viloyatida 249 gektar maydon begona o‘tlardan tozalanmaganligi aniqlandi

23 Iyun 2022 1798

Viloyatda g‘alla hosilini yig‘ish bilan bir qatorda paxta dalalarida ham agrotexnik tadbirlar yuqori suratlarda davom etmoqda.

Toshkent viloyati hokimining tegishli qarori bilan viloyatda 6 ta paxtachilik klasterlari va 1 ming 185 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 72 ming161 gektar maydonlarda g‘o‘zaning “Sulton”, “Namangan-77”, “S-6524”, “Porloq-4” va “Buxoro-102” navlari  parvarish qilinmoqda.

Ayni kunlarda viloyatning Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on va Quyichirchiq tumanlarida g‘o‘za parvarishidagi agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida sifatli o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan ko‘rgazmali seminarlar o‘tkazildi.

Viloyatning barcha paxtachilik tumanlarida chigit ekilgan maydonlarda g‘o‘za parvarishida muhim bo‘lgan agrotexnik tadbirlar kultivatsiya ishlari, chopiq qilish, chuqur yumshatish, begona o‘tdan tozalash, mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va sug‘orish ishlari uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda, viloyatda parvarish qilinayotgan g‘o‘za maydonlarining 10 ming 476 gektari yoki 14 foizi shonalash, 49 ming 712 gektari yoki 69 foizi gullash, 11 ming 973 gektar yoki 16 foizi 1-2 ko‘sak fazasida rivojlanmoqda.

Shuningdek, g‘o‘za qator oralarini kultivatsiya qilish ishlari 4,9 marta o‘tkazilgan bo‘lib, bu tadbirlarda 1 ming 42 dona kultivator qatnashdi.

Shu bilan birga, g‘o‘za maydonlarini chopiq qilish ishlari 4,6 marta, g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari 3,4 marta va g‘o‘zani birinchi sug‘orish ishlari 41,5 ming gektar maydonlarda amalga oshirildi.

Biroq, “O‘zagroinspeksiya”ning Toshkent viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 357 gektar maydonda kultivatsiya ishlari sifatsiz bajarilganligi hamda 282 gektar maydonda chuqur yumshatish sayoz o‘tkazilganligi va 265 gektar maydonlar begona o‘tlardan tozalanmaganligi aniqlanib, bu kabi  kamchiliklar yuzasidan viloyatning barcha paxtachilik tuman hokimliklariga, viloyat qishloq xo‘jalik boshqarmasiga va paxtachilik  klasterlariga jumladan, “TST Agro klaster” MCHJ, “APK Bekobod”UK, “APK Bo‘ka”UK va “APK Chinoz” MCHJlarga yozma ko‘rsatma hamda ogohnomalar kiritildi.

U.Nurbekov, Agroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i v.v.b                                        

E.Ziyodullayev, Agroinspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi inspektori                            

Text to speech