Ру Ўз O`z En

TOSHKENT VILOYATIDA 29 MING TONNADAN ORTIQ BOSHOQLI DON URUG‘LIKLARI JAMG‘ARILDI

27 Avgust 2022 1435

Qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil va sifatli mahsulot yetishtirishning asosiy negizi urug‘likka bog‘liq bo‘lib, sifatli urug‘lik yetkazib berish zamirida urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash hamda navdorlik va ekinboplik sifat ko‘rsatgichlarining nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu sababli, 2023 yil g‘alla hosili uchun jamg‘arilgan urug‘liklarni qayta ishlanishini va boshoqli don yetishtiruvchi qishloq xo‘jaligi korxonalariga ekish uchun sifatli, dorilangan va sertifikatlangan urug‘lik don yetkazib berish ishlari Agroinspeksiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan muntazam nazorat qilib borilmoqda.

Joriy yilda Toshkent viloyati tumanlarida kelgusi yil hosili uchun viloyatda ekish uchun tavsiya etilgan Alekseyevich, Antonina, Vassa, Grom, Asr, Zvezda, Gratsiya va boshqa navlardan 29 ming tonnadan ortiq boshoqli don urug‘liklari jamg‘arildi.

Shundan, “OhangarondonAJ tomonidan 9325 tonna “ToshkentdonmahsulotlariAJ tomonidan 5469 tonna va “G‘alla AltegAJ tomonidan 6329 tonna, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” DKning elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 569 tonna, Nurli Diyor MCHJ tomonidan 2806 tonna va "TST Agro Klaster" MCHJ tomonidan 4502 tonna urug‘lik don taʼmirlangan va zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlovlar o‘tkazilgan  ombor va ayvonlarga qabul qilindi.

Ushbu urug‘liklar viloyatdagi “OhangarondonAJ tasarrufidagi korxona qoshidagi, “To‘ytepa” DQQSH, “PiskentDQQSH, “ToshkentdonmahsulotlariAJga tasarrufidagi “QuyichirchiqDQQSH, “ChinozDQQSH, G‘alla-Alteg AJ tasarrufidagi “Do‘stlik” urug‘lik don tayyorlash sexlarida  urug‘lik donni nav va avlodlar bo‘yicha alohida joylashtirildi.

2022 yil hosilidan jamg‘arilgan boshoqli don urug‘ligini tayyorlash uchun talab etiladigan kimyoviy preparat, qop, yorliq, ip, yog‘och tagliklar urug‘lik don ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan zaxiralari yaratildi.

 Don korxonalari tasarrufidagi urug‘lik ishlab chiqarish sexlarining ishlab chiqarish quvvatiga qarab, urug‘lik don tayyorlash bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilib, bugungi kunga qadar urug‘lik donni qayta ishlash sexlari tomonidan 19 yarim ming tonna urug‘liklarda saralash, dorilash va qadoqlash ishlari amalga oshirilgan.

Ushbu tayyor urug‘liklarning salkam 7 ming tonnasiga ekish uchun yaroqliligi bo‘yicha muvofiqlik sertifikati olindi.

Viloyatda mavjud urug‘lik don tayyorlash subyektlar rahbarlariga urug‘lik don mahsulotlarini qabul qilish, sifatli saqlashda sanitariya qoidalariga va ularni qayta ishlashda davlat standartlariga rioya etish, nobudgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, don mahsulotlari hisobini yuritish jurnallari, ichki tashish va sotish, boshoqli don urug‘liklarini saqlash yuzasidan tegishli qaror va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirish xatlari berildi.

Shuningdek boshoqli don urug‘ligini tayyorlashda “O‘zagroinspeksiya”, Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi DUK hamda “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi” tomonidan har bir urug‘lik don tayyorlash sexlariga masʼul xodimlar biriktirilib, urug‘lik don tayyorlash muntazam nazoratga olingan.

Joriy yilda, inspeksiya tomonidan urug‘liklarning tayyorlanishi yuzasidan don korxona rahbarlari va urug‘lik don ishlab chiqarish sex boshliqlariga 9 ta ogohlantirish xatlari kiritilib, urug‘liklarini qayta ishlash va saqlash qoidalarini buzganligi uchun 2 nafar sex boshlig‘iga nisbatan MjTK tegishli moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilishi taʼminlandi.

ShUsubaliyev, “O‘zagroinspeksiyaning Toshkent  viloyat boshqarmasi bosh inspektori     

Text to speech