“O‘zagroinspeksiya”ning Navbahor tuman bo‘limi tomonidan joriy yil yanvar oyining o‘tgan 15 kuni davomida bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bo‘lim inspektorlari tomonidan jami 39 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 5 tasini tekshirish va 34 tasini monitoringlar tashkil qiladi.
O‘tkazilgan jami tekshirish va monitoringlar natijasiga ko‘ra, 39 ta Qonunbuzilishi aniqlangan bo‘lsa, shundan 30 nafar shaxs bu holatga qayta yo‘l qo‘ymaslik haqida rasman ogohlantirildi. Shuningdek, taʼsir chorasi sifatida 33 ta yozma ko‘rsatmalar berilib, 1 ta taqdimnoma kiritilgan.
Bundan tashqari, bo‘lim tomonidan vakolat doirasida 4 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jami 540 ming so‘mlik maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Qonuniy qaror qabul qilish uchun 1 ta material jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudiga yuborilgan.
Jumladan, o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida fuqarolar X.B, s.X va X.X. larning tuman hududida nosoz traktorni boshqarib yurganligi aniqlandi. Qoidabuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 112-moddasi bilan maʼmuriy ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, tuman veterinariya bo‘limiga qarashli “Sarmish” veterinariya uchastkasida Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan berilgan ogohlantiruv talablari bajarilmaganligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha ham masʼul shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 198-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.
Bundan tashqari, nazorat tadbirlari davomida fuqaro G.K tomonidan suv va suvdan foydalanish qoidalari buzilganligi aniqlandi. Huquqbuzar MJtKning 74-moddasi 2-qismi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, yaʼni 270 ming so‘m miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi.
Inspeksiya tuman bo‘limi tomonidan hozirgi kunda doimiy ravishda nazorat tadbirlari va tekshirishlar o‘tkazib kelinmoqda.
"O‘zagroinspeksiya" Navoiy viloyat boshqarmasi Axborot xizmati