Yurtimizda turli bayramlar, muqaddas sanalar oldidan umumxalq hayriya hasharini o‘tkazish va shu orqali hududlarni obodonlashtirish yaxshi anʼanaga aylangan.
Eʼtiborlisi, obodlikka qaratilgan harakatlar o‘zbek xalqining to‘yu-tantanalari, maʼraka va turli bayramlari sababli hamda bunyodkorlik ishlarida yana-da yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Faqat o‘zimizgagina xos bo‘lgan hasharning qadriyat darajasiga ko‘tarilgani ham bejiz emas. Zero, xalqimiz hasharni mehr-oqibat, ishonch hamda do‘stlik rishtalarini mustahkamlovchi vosita sifatida eʼzozlab keladi.
Hukumatning tegishli farmoyishiga ko‘ra, 2022 yil 30 aprel kuni «Mahalla obodligi – yurt farovonligi» obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish umumxalq xayriya hashari deb eʼlon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi va Inspeksiya huzuridagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKda ham anʼana davom ettirilib, hashar uyushtirildi. Inspeksiya Markaziy apparati va Agromarkaz xodimlari tomonidan erta tongdanoq ko‘chalar, ariqlar tozalanib, daraxtlar oqlandi.
Jamiyatimizda o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni tobora mustahkam qaror toptirish, mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan hashar yurtimizni yana-da obod va fayzli bo‘lishida o‘ziga xos xayrli tadbir vazifasini o‘taydi.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati