Ру Ўз O`z En

Urgut tumanida parrandachilik yo‘nalishida 1 milliard so‘mlik loyiha ishga tushish arafasida

14 Aprel 2022 1627

"O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-meʼyoriy hujjatga ko‘ra, inspeksiyaning chorvachilik sohasida amalga oshiradigan vazifalari, shu jumladan, idoraviy bo‘ysunuvidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlarda chorvachilikda naslchilik ishlari to‘g‘risidagi qonun va boshqa normativ huquqiy hujjatlarga rioya etilishi, shuningdek, chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan davlat dasturlarining ijrosini nazorat qilish vazifasi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yildagi “Chorvachilikni yana-da rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-121-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda chorvachilik yo‘nalishidagi barcha loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha Urgut tumanida parrandachilik yo‘nalishida 2022 yil uchun 11 ming boshga mo‘ljallangan 2 ta 1 mlrd 380 mln so‘mlik loyiha rejalashtirilishi nazarda tutilgan. Buning natijasida esa tumanda 15 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.

Bugungi kunda, parrandachilik yo‘nalishida faoliyat yuritib kelayotgan “O‘ramas parrandachilik” fermer xo‘jaligida 90 ming bosh tuxum yo‘nalishida parrandalar parvarish qilinmoqda. Bu yerda  bir kunda  85 ming dona tuxum ishlab chiqilib xalq dasturxoniga yetkazib berilmoqda.

Ushbu fermer xo‘jaligiga Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 iyuldagi 434-son qaroriga asosan tuxumning har bir donasi uchun 100 so‘mdan subsidiya ajratilmoqda.

Go‘sht yo‘nalishida 2 ta tadbirkorlik subyektlari tomonidan 18 ming bosh jo‘jalar parvarish qilib kelinmoqda. Ushbu parvarishdagi jo‘jalardan xalq isteʼmoli uchun 21.6 tonna parranda go‘shti yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

2022 yilning birinchi choragida inspeksiyaning Urgut tuman bo‘limi tomonidan chorvachilik yo‘nalishida jami 20 ta nazorat tadbiri, shundan, ta tekshirish va 15 ta monitoring o‘tkazilib, 12 ta qonunbuzilish holati aniqlangan hamda 10 ta yozma ko‘rsatma, 8 ta ogohlantiruv xatlari berilgan va   2 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilingan.

A.Xoliqov “O‘zagroinspeksiya” Urgut tuman bo‘limi boshlig‘i

Text to speech