Original, elita va keyingi avlodlarga mansub urug‘lik qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi tashkilotlari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov natijalariga ko‘ra, respublika bo‘yicha 126 ta tumanda 3 239 ta xo‘jalik g‘olib topildi.
Ushbu xo‘jaliklarning 90,3 ming gektar urug‘lik maydonida bug‘doyning 53 ta navi va avlodlaridan 275 ming tonna urug‘lik don yetishtirilishini nazoratga olish belgilab olindi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PQ-106-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2023 yil hosili uchun urug‘lik g‘alla yetishtirilgan maydonlarda dala aprobatsiyasi ko‘rigi o‘tkazilishi hamda sifatli urug‘lik don jamg‘arish tadbirlari nazoratga olindi.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida urug‘lik maydonlarda belgilangan tavsiyalarga qatʼiy amal qilinishi yuzasidan 5 marotaba dala monitoringi ko‘rigi o‘tkazilib, 3 350 tadan ortiq ogohlantirish xatlari berildi.
Shuningdek, davlat standart talablariga javob beradigan urug‘lik don jamg‘arish maqsadida, urug‘lik g‘alla yetishtirilgan jami 126 ta tuman, “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi 73 ta shoxobchalar klasterlar va elita urug‘chilik xo‘jaliklarining 99 ta urug‘lik don qabul qilish maskanlariga Inspeksiya va Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazining 229 ta tajribali xodimlari biriktirildi.
Joylarga biriktirilgan Inspeksiya vakillar tomonidan hududlardagi soha mutaxassislaridan iborat tuzilgan aprobatsiya komissiyalari bilan birgalikda respublika bo‘yicha urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklarning jami 94 ming gektar maydonida aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilib, shundan 2 990 ta xo‘jalikning 80,6 ming gektar yoki 86 foiz maydoni urug‘lik uchun yaroqli hamda 1 021 ta xo‘jaliklarning 13,5 ming gektar yoki 14 foiz urug‘lik uchun yaroqsiz deb topilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Aprobatsiya ko‘rigida “yaroqli” deb topilgan urug‘lik maydonlarda navlar aralashib ketishining oldini olish maqsadida jami 129 ta tumanda urug‘lik g‘allani o‘rish uchun 284 ta otryadlar tashkil etilib, otryadlarga alohida biriktirilgan 309 ta kombaynlarda o‘rishi va texnikalari orqali korxonalarga tashib keltirilishi nazoratga olindi.
Respublikada 2023 yil g‘alla hosili uchun urug‘chilik subyektlari tomonidan jami urug‘lik bug‘doyning 56 ta seleksion navidan jami 272 ming tonna urug‘lik don jamg‘arilib, shundan “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi 38 don korxonalaring 73 ta shoxobchasiga 243,7 ming tonna, 6 ta Klaster korxonalar omborlariga 20,3 ming tonna va 49 ta Elita urug‘chilik xo‘jaliklari tomonidan 7,9 ming tonna urug‘lik don to‘dalarini nav avlodlari bo‘yicha qabul qilish va saqlanishi ustidan tizimli nazorat olib borildi.
Yuqoridagilar yuzasidan mavsum davomida jami 4 378 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishlar 3 521 tani tashkil etib, sohaga aloqador korxona va tashkilotlarga 1 97 ta taqdimnoma va 3 189 ta yozma ko‘rsatmalar kiritilgan, mansabdor shaxslarga nisbatan esa 1 30 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilinib, ushbu sohada ishni to‘g‘ri tashkil etish maqsadida 3 541 ta jismoniy va yuridik shaxslar ogohlantirish xatlari berilishi taʼminlangan.
Hozirgi kunda 2023 yil hosili uchun urug‘chilik subyektlardagi 69 ta urug‘lik qayta ishlash sexlari tomonidan urug‘lik donni saralash, dorilash va qadoqlash jarayoni bo‘lim tomonidan to‘liq nazoratga olingan bo‘lib. mazkur masala yuzasidan qo‘shimcha axborot kiritib borilishi taʼminlanadi.
Sh. Xayitov, "O‘zagroinspeksiya"ning Don ekinlari urug‘lari yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i