Ру Ўз O`z En

Urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning elektron bazasi shakllantirildi

3 Iyun 2022 1975

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida "O‘zagroinspeksiya"ning qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan “Seleksiya-urug‘chilik” moduli ishlab chiqildi.

Bugungi kunda, 2022 yil hosilidan paxta va boshoqli don ekinlarining urug‘ligini yetishtirish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlar ushbu modulga kiritilib, ularning elektron bazasi shakllantirildi.

Xususan, urug‘lik paxta yetishtirish vakolatiga ega bo‘lish uchun tanlovlar asosida xo‘jaliklar ro‘yxati shakllantirilib, shundan bugungi kunda 3194 tasi (103,7 ming gektar) to‘g‘risidagi, shuningdek, 3203 ta boshoqli don ekinlari urug‘ini yetishtiruvchi subyektlarning 90,3 ming gektar maydoni to‘g‘risidagi maʼlumotlar ham “Seleksiya-urug‘chilik” modulining “ekinlarni joylashtirish” bazasiga kiritildi.

Shuningdek, 2022 hosil yilida original va elita avlodiga mansub urug‘lik paxta (52 ta) va g‘alla (62 ta) yetishtirishga ixtisoslashgan masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida faoliyat yurituvchi elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ilmiy tadqiqot institutlarining (18 tata ilmiy tajriba stansiyalarida yangi navlarning urug‘ini dastlabki ko‘paytirish bilan shug‘ullanuvchi elita xo‘jaliklarining ro‘yxati ham bazaga kiritilmoqda. 

Maʼlumotlar bazasida, urug‘lik yetishtiruvchi subyektlarning nomi, jami ekin maydoni, STIR raqami, xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbari va telefon raqami, urug‘lik yetishtirish huquqini beruvchi hujjat turi, qabul qilingan sanasi va uning nusxasi, konturlar bo‘yicha urug‘lik maydonlari, hosil yili, ekin turi, navi, avlodi, urug‘lik maydoni, yerlarning ball bonniteti, hosildorligi hamda yetishtiriladigan yalpi hosil miqdori singari maʼlumotlar kiritiladi 

Ushbu modulning ishlab chiqilishi kelgusida soha inspektorlari tomonidan o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarida muhim ahamiyat kasb etadi.

N.Ismailov — Urug‘lik paxta xom ashyosi chigiti yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i.

Text to speech