Kecha 27-noyabr kuni OAV va jamoatchilik vakillari uchun Samarqand viloyati tumanlarida 2023-yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom- ashyosining g‘aramlarda saqlanishi va profilaktik tadbirlarni bajarilishi yuzasidan Pastdarg‘om tumani "Samarqand Kamalak MCHJ”da press-tur bo‘lib o‘tdi.
«O‘zagroinspeksiya» va uning Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda «O‘zagroinspeksiya» viloyat boshqarmasi rahbariyati, tuman bo‘limlari, “Urug‘chilikni rivojlantirish markazi" DM viloyat boshqarmasi mutaxassislari, Qishloq ho‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi DM viloyat filiali boshliqlari, "Elita urug‘chilik xo‘jaligi” rahbariyati hamda seleksioner olimlar ham ishtirok etdilar.
Qatnashchilar dastlab, Pastdarg‘om tumani "Samarqand Kamalak invest" MCHJ da bo‘lishib, 2023-yil yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom-ashyosining g‘aramlarda saqlanishi va profilaktik tadbirlarini bajarilishida bugungi kunda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Mavsumda ushbu manzilga urug‘lik paxtalar konditsion massasiga ko‘ra bitta to‘daga 250-300 tonnadan oshmagan holda qabul qilinib, seleksion navi, avlodi, nav tozaligi, dala guruhi, sanoat navi, kelib chiqishi va sinfiga qarab asosiy va zaxira fondga ajratilgan hamda alohida 8 ta g‘aramlarda saqlanmoqda.
Viloyatda 2023-yil hosilidan jami 54 ta g‘aramlardan iborat 10 105 tonna urug‘lik paxta qabul qilingan bo‘lib, shundan asosiy fondga 7 110 tonna, zaxira fondga 2 995 tonnani tashkil etmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida sohada mutaxassislar tomonidan jami 124 ta nazorat tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 105 tasini monitoringlar tashkil etadi.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan 17 ta qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha yozma ko‘rsatma, taqdimnoma va 103 ta ogohlantirishlar kiritilgan.
«O‘zagroinspeksiya» Samarqand viloyati boshqarmasi