Ру Ўз O`z En

Xorazm viloyatida qishloq xo‘jalik texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari avj pallada

21 Yanvar 2025 69

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zagroinspeksiya to‘g‘risidagi Nizomda berilgan vakolatlar hamda 2023 yil 29 apreldagi “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170-sonli qarorda belgilangan talablar asosida viloyat tumanlaridagi texnika nazorati mutaxassislari tomonidan joylarda doimiy nazorat tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda.

Xususan, viloyatda 2025 yil hosili uchun chigit ekiladigan 73,4 ming gektar maydonlardagi dala ishlarida qatnashadigan 12 mingdan oshiq qishloq xo‘jaligi texnikalari taʼmirlash uchun belgilangan maskanlarga to‘liq yig‘ilib, ayni kunlarda joriy taʼmirlash ishlari avj pallaga kirgan.

Shuningdek, joriy yildan boshlab paxtachilikda yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan intensiv usuldagi mahalliy agrotexnologiyalar joriy qilinishini inobatga olib, viloyat tumanlarida mavjud bo‘lgan 1742 ta kultivatorlar ham taʼmirlash maskanlariga yig‘ilib, maskanlardagi kultivatorlarni yangi tartibda joriy qilinayotgan qator oralari 76x10 sm tartibiga moslashtirish jarayonlari jadal suratlarda olib borilmoqda.

Amaldagi qonunchilik hujjatlari bilan O‘zagroinspeksiyaga berilgan vakolatlardan kelib chiqib soha xodimlari tomonidan qishloq xo‘jalik texnikalarining mavsumga tayyorlanishi doimiy nazoratga olingan.

 

D.Polvonov - O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi Texnika holatini nazorat qilish sho‘basi

 

Text to speech