Ру Ўз O`z En

NAVOIYDA YОSHLARGA YER AJRATISH BOʻYICHA OʻQUV-AMALIY SEMINAR OʻTKAZILDI

26 Aprel 2024 1335

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini taʼminlash va daromadlarini oshirish maqsadida, «O‘zagroinspeksiya»ning Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i F.To‘xtashev- bo‘lim boshlig‘i Navoiy viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xodjayev, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori B.Ro‘ziyev, tumandagi mahallalari “yettiligi” hamda yer olishga talabgor yoshlar ishtirokida o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi. 

O‘tkazilgan seminar davomida, Navbahor tumani «Qorajon» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi fuqarolar tomonidan “ajratilayotgan yerlarga qanday turdagi ekinlar ekilishi hamda yoshlarga berilgan imtiyozlar to‘g‘risida” hamda «Romitan» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi fuqarolarga “E-auksion” savdosida qatnashish tartibi hamda nomzodlar g‘olib bo‘lgan taqdirda, qancha muddatda yer uchastkasi “auksion savdosi narxini” to‘lanishi kerakligi” to‘g‘risida yoshlarga qanday imtiyoz borligi borasida to‘xtalib o‘tdi.

«O‘zagroinspeksiya»ning Qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishni nazorat qilish boshqarmasi boshlig‘i F.To‘xtashev yoshlar tomonidan berilgan bir qancha savollarga mazkur qaror bandlariga ko‘ra to‘liq tushuntirishlar berib, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz yoshlarga berayotgan imkoniyatlar, ularni ish bilan taʼminlash hamda oilaviy daromadlarini oshirish to‘g‘risida batafsil tushunchalar berib o‘tdi.                                                      

Bundan tashqari, yoshlar tomonidan berilgan turli xil savollarga jumladan, yoshlarga beriladigan yerlarga suv taʼminoti kim tomonidan kafolatlanishi to‘g‘risida savollarga tuman qishloq va suv masalalari bo‘yicha hokimi o‘rinbosari F.Hamroyev javob berdi hamda qaror bo‘yicha yoshlarga qo‘shimcha tushunchalar berib o‘tdi.  

Seminar yakunida, F.To‘xtashev sug‘oriladigan yerlar – eng asosiy ishlab chiqarish vositasi ekanligi va bu yer maydonlari davlatimizning asosiy oltin fondi ekanligini alohida eʼtirof etdi.

Inspeksiyaning Navoiy viloyati boshqarmasi bosh mutaxassisi Z.Xo‘jaqulov.

Text to speech