Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zagroinspeksiya” axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi:
Qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya xodimlari tomonidan joriy yilda 61 289 ta monitoringlar o‘tkazilib, tashkilot va korxonalarga 51 mingta ogohnomalar kiritildi. 8 ming 596 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, 18 ming 890 ta tekshirishlar o‘tkazilgan. bo‘lsa shundan 1 ming 506 tasi tadbirkorlik subyektlarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzarlik holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 7 ming 541 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.
Shu bilan birga, 1 ming 961 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilib, 471 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha yog‘-moy korxonalarining paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2023-yil yanvar-noyabr holatiga jami 38 ta korxonada tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lib ulardan 28 ta korxona qonunchilik talablarga muvofiq faoliyat yuritayotganligi, 10 ta paxta texnik chigitni qayta ishlaydigan korxona faoliyati esa belgilangan talablarga muvofiq emasligi aniqlangan.
2024 yil hosili uchun urug‘chilik subyektlardagi 72 ta urug‘lik donni qayta ishlash sexlari tomonidan 258 ming 400 tonna urug‘lik donni saralash, dorilash va qadoqlash ishlari nazoratga olinib, tadbirlar davom ettirilmoqda.
Xususan, hozirgi kunga qadar urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan 251 ming, 600 tonna yoki 97,4 foiz urug‘lik don qayta ishlanib, ekishga tayyor holatga keltirilgan.
2024 yil hosili uchun ekishga rejalashtirilgan urug‘lik don to‘dalarining 274 ming, 400 tonnasidan ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun namunalar tanlab olinib, 272 ming tonnasida sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirilgan.
Mamlakatimizga import qilingan 1 mln 98 ming, 400 ming tonna, boshqa turdagi don mahsulotlaridan namunalar olinib, tahlil qilindi va 2 ming 354 ta sertifikatlar rasmiylashtirilib berildi.
Inspeksiya qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi"ning urug‘chilik yo‘nalishi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘ (ko‘chat)larini navdorlik va ekinboplik sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, sertifikatlashtirish yo‘nalishi bo‘yicha; buyurtmachilar bergan arizalariga asosan, 2023 yilning o‘tgan davrida jami 354 ming 537 tonna urug‘lar va 164 ming dona ko‘chatlar sertifikatlashtirilgan, shuningdek, 5 ming 918 tonna urug‘lik donlarning saqlash davridagi ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sinovlardan o‘tkazilib xulosalar berilgan.