Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid qonunbuzarliklar aniqlanmoqda

19 Iyul 2024 1451

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qatʼiy belgilangan maqsadlarda foydalanish ustidan nazorat bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" tomonidan amalga oshirib kelinmoqda

Xususan, “Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5742-sonli Farmonini ijrosini taʼminlash maqsadida joylarda yer mutaxassislari tomonidan vakolat doirasida bir qator vazifalar bajarilmoqda.

Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan viloyatda yuridik va jismoniy shaxslarga ajratilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan maqsadli va samarali foydalanish holatlari o‘rganib chiqilgan.

Jumladan, Zangiota tumanidagi “Navro‘z” hududidagi “LYUKS  MAKS AGROMCHJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan sug‘oriladigan yer toifasiga kiradigan 81 ball bonitetli qishloq xo‘jaligi xaritasining 321q-323q контуридаги 0.033021 gektar (330.21 kv.M) ekin yer maydonida, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 44-moddasiga zid ravishda binolar qurilishi natijasida ekin yer maydonini qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqarilgani oqibatida yetkazilgan zarar 41 mln 671 ming 94 so‘m miqdorni tashkil etgan.

Bundan tashqari, Erkin hududidagi Kelajak AGROMCHJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan qishloq xo‘jaligi xaritasining 60q- konturdan 72 ball bonitetli 0.66 gektar sug‘oriladigan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan  binolar qurilishi oqibatida, 740 mln 834 ming 50 so‘m miqdorda zarar hisoblangan.

Shuningdek, ushbu hududdagi g‘alla-sabzavotchilik yo‘nalishdagi “AGRO LiderMCHJ (nomi o‘zgartirilgan) qishloq xo‘jaligi xaritasining 383k-konturda  39 ball bonitetli 0,12 gektar sug‘oriladigan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan  baliq hovuzi uchun kovlanganligi oqibatida, 72 mln. 960 ming 980 so‘m miqdorda zarar hisoblangan.

Yuqoridagi qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etildi.

Sh.Axmedov,  "O‘zagroinspeksiya"ning Toshkent viloyat boshqarmasining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘lim boshlig‘i                                                          

 

Text to speech