Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligi yerlariga oid qonunbuzilish holatlari nazoratda

8 Iyul 2024 498

«O‘zagroinspeksiya» tomonidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni nazorat qilish bo‘yicha muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan aniqlangan holatlar shular jumlasidandir.

Xususan, “S.Mallayev” massivi hududida faoliyat olib borayotgan “Xudoyqul Raximov-RS” fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan xo‘jalik xaritasining 62.0 bonitet balli 637-konturidagi sug‘oriladigan yer maydonidan 224.0 kv.metrdan iborat uy-joy va boshqa qurilishlar qurilganligi oqibatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 0,0224 gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilganligi oqibatida 21 651 325 (yigirma bir million olti yuz ellik bir ming uch yuz yigirma besh) so‘m miqdoriga zarar keltirilganligi aniqlandi.

Shuningdek, Pastdarg‘om tumani, “O‘zbekiston” massivi hududida faoliyat olib borayotgan “BEKSULTON ZAMIN SAXOVATI” fermer xo‘jaligi hisobida bo‘lgan xo‘jalik xaritasining 62.0 bonitet balli 479-konturidagi sug‘oriladigan yer maydonidan 144.0 kv.metrdan iborat uy-joy qurish uchun poydevor qurilganligi oqibatida qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 0,0144 gektar yer maydonini qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilganligi oqibatida 13 918 709 (o‘n uch million to‘qqiz yuz o‘n sakkiz ming yetti yuz to‘qqiz) so‘m miqdoriga zarar keltirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarga huquqiy baho berish va yetkazilgan zarar miqdorini undirib, yer qonunbuzarlik holatlarini bartaraf etish yuzasidan to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i                  A.Xolbekov,

Text to speech