Ру Ўз O`z En

BAHORGI DALA ISHLARIDA QATNASHADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI  MAVSUMGA TAYYORLASH ISHLARI YAKUNLANMOQDA

14 Fevral 2025 228

2025-yilgi bahorga dala ishlarida Respublika bo‘yicha jami 134936 ta qishloq xo‘jaligi texnikalarini jumladan 19307 ta chopiq traktorlari, 18804 ta kultivatorlar, 7685 ta chigit ekish seyalkalari, 73239 ta tishli boronalar, 3665 ta yer tekislagichlar, 4884 ta chizellar, 3867 ta purkagichlar va 3485 ta mineral o‘g‘it sepkichlarni qatnashishi rejalashtirilgan.

Hududlarda yanvar-fevral oylarida mavsumda qatnashadigan qishloq texnikalarini texnik holati ko‘zdan kechirilib, nosozlik aniqlangan texnikalarni taʼmirlash ishlari joylarda tashkil etildi.

Ushbu taʼmirlash maskanlarda mobil taʼmirlash jihozlari (payvandlash apparati, stanoklar va boshq.), taʼminotchi korxonalar tomonidan sifatli ehtiyot qismlar savdosi va taʼmirlash ishlariga jalb etilgan ishchi-xizmatchilar uchun issiq-ovqat va boshqa shart-sharoitlar yaratilganligi natijasida, bugungi kunda taʼmirlash ishlari Surxondaryo va Namangan viloyatlarida to‘liq yakunlangan bo‘lsa, boshqa Hududlarda ham 85-90 foizga yakuniga yetkazildi.

Taʼmirdan chiqarilgan texnikalar O‘zagroinspeksiya xodimlari tomonidan belgilangan tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavsum shay holatga keltirilmoqda.

 

Text to speech