Ру Ўз O`z En

Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasining 80-yalpi majlisi o‘z nihoyasiga yetdi

2 Dekabr 2022 1118

Gdinya paxta assotsiatsiyasi (GCA-Gdynia Cotton Association) tomonidan “Innovatsiyalar va yetakchilik orqali barqarorlikni rivojlantirish” mavzusida ICAC (Xalqaro paxta maslahat qo‘mitasi)ning   29 noyabr – 1 dekabr kunlari virtual (VKS) shaklda o‘tkazilgan 80-yalpi majlisida Inspeksiya va Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazining paxta yo‘nalishidagi masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Anjuman doirasida 30 dan ortiq xorijiy mamlakatlar mutaxassislari bilan paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlar, ilg‘or texnologiyalar, paxta sanoatining dinamik rivoji, to‘qimachilik sanoati, ip-yigiruv texnologiyalari va paxta mahsulotlarini qayta ishlashda ekologiyaga yetkaziladigan zararni kamaytirish borasida tajriba almashildi.

A. Xamdamov, Inspeksiyaning Huquqiy-taʼminlash va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi  katta inspektori              

 

Text to speech