Ру Ўз O`z En

Xalqaro qishloq ayollari kuni nishonlandi

15 Oktyabr 2023 1361

Dunyoda 2008-yildan buyon 15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanmoqda.

Jahon qishloq xo‘jaligi tizimida qishloq ayollarining o‘rni beqiyosdir, ular qishloqda ishchi kuchining muhim qismini tashkil etadi va ular qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish, oziq-ovqat va uning xavfsizligida muhim o‘rin tutadi.

Bu bayramning asosiy maqsadi qishloq ayollarini bu sohadagi qimmatli mehnatini eʼtirof etish va qishloq ayollarining mavjud muammolariga jahon hamjamiyatini eʼtiborini qaratishdir. “O‘zagroinspeksiya” tomonidan ham ushbu bayram munosabati bilan qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 45-sonli majlis bayoni ijrosi doirasida joriy yilning 13-oktyabr kuni “O‘zagroinspeksiya” hamda uning huzuridagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sifatini baholash markazi” davlat muassasasi va Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqarmasi Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq tumani xokimiyati bilan birgalikda paxta terimchilari uchun tadbir uyushtirdilar. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti Muqaddas Xoliqova terimchilarga o‘zining sheʼr va qo‘shiqlari bilan yaxshi kayfiyat ulashdilar. Tadbir davomida eng ilg‘or terimchilar tuman hokimiyati va “O‘zagroinspeksiyaning qimmatli sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Shu bilan birga masʼullar tumanda ko‘p yillar qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritib, oziq-ovqat havfsizligini mutahkamlashda o‘z hissasini qo‘shgan keksa yoshdagi onaxonlarni xonadonlariga borib bayram bilan tabrikladilar, shuningdek betob xotin-qizlar holidan xabar oldilar.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan ham bayram munosabati bilan bunday tadbirlar amalga oshirish belgilangan.

Text to speech