Ру Ўз O`z En

Xirmon sari baraka, Yozyovonda 100 sentnerdan hosil ko‘tarilmoqda

24 Iyun 2021 1931

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2021 yil hosili uchun boshoqli g‘alla hosilini o‘z vaqtida nes-nobud qilmasdan, sifatli o‘rib-yig‘ib olishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tumanda inspektorlar tomonidan kerakli chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Shuni taʼkidlash lozimki, Yozyovon tumanida jami 6840 gektar maydonda g‘alla parvarishlangan bo‘lib, yalpi ishlab chiqarish 68,7 s/dan 47000 ming tonnani tashkil qiladi, shundan davlat zaxirasi uchun jami 17955 tonna, tovar don 16470 tonna, urug‘lik don 1485 tonna, klaster uchun 6000 tonna, fermer xo‘jaligi ixtiyorida qoladigan don 23045 tonna bo‘yicha aniq hisob-kitob yuritilgan.

Inspektorlar tomonidan har bir o‘tkaziladigan agrotexnik tadbirlar va g‘allani yetishtirish bilan bog‘liq boshqa jarayonlar kunlik monitoring qilib borilmoqda.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida tumandagi “Xonobod” don qabul qilish shaxobchasiga inspektorlar biriktirilib, fermer xo‘jaliklari va buyurtmachi o‘rtasida laboratoriya tahlillarining haqqoniyligini taʼminlash ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan.

Shuningdek, g‘alla o‘rim mavsumiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri masʼul bo‘lgan shaxslar zimmalariga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajarmaganliklari holda ularga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qonuniy choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirilgan.

O‘zagroinspeksiya” inspektorlari tomonidan hududlarga chiqib, har bir otryadga biriktirilgan kombaynlarning g‘alla o‘rish jarayonlarini nazoratga olib, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga g‘allani nes-nobud qilmasdan, tez fursatlarda o‘rib-yig‘ib olishni va shartnomaviy rejalarini bajarishi yuzasidan ko‘rsatmalar berib kelinmoqda.

Jumladan ana shunday o‘rganishlardan birida, “M.Farg‘ona” cho‘l zonasidagi “Do‘stlik” fermer xo‘jaligi g‘alladan 71 sentner va “Qoratepa” MMTP hududidagi “FAR Zulfiqor” fermer xo‘jaligi 95-100 sentnerdan yuqori hosil olayotgani aniqlandi.

Davlat ehtiyoji uchun xarid qilinayotgan boshoqli donning sifati to‘g‘ri tahlil qilinishi Inspeksiya mutaxassislari tomonidan kunlik nazoratga olingan. 

Inspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasining Yozyovon tuman bo‘limi

Text to speech