Hukumatning 2019 yil 18 dekabrdagi “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yaroqsiz deb topilgan kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilish bo‘yicha qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.
Hukumatning 2019 yil 18 dekabrdagi “Iqtisodiy jihatdan samarasiz, kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlarni yaroqsiz deb topish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi yaroqsiz deb topilgan kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlar o‘rnida intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilish bo‘yicha qatʼiy nazorat o‘rnatilgan.
Bugungi kunda Xovos tumanida jami 147 ta fermer xo‘jaliklari, 1 ming 719 gektar yer maydonida bog‘dorchilik va uzumchilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelmoqda.
Bog‘dorchilik tarmog‘ida boshqaruv tizimini takomillashtirish hamda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etilishi, shuningdek, zamonaviy resurs tejamkor texnologiyalar asosida yuqori sifatli, raqobatbardosh va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini kengaytirish maqsadida, “Bog‘iston” masʼuliyati cheklangan jamiyatining 400 gektar yer maydonlarida yangi intensiv bog‘ barpo etildi.
Ushbu barpo etilgan bog‘da zamonaviy suv tejamkor texnologiyalar, shu jumladan, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish tizimlari joriy qilinib, bozor konyunkturasi tahlilini hisobga olgan holda meva mahsulotlari turlarini ko‘paytirish choralari ko‘rilmoqda.
Intensiv bog‘ barpo etishda Eron davlatidan 300 ming dona ko‘chatlar keltirilib, ushbu keltirilgan ko‘chatlarning nav guvohnomasi, muvofiqlik va karantin sertifikati mavjudligi inspeksiya tomonidan nazorat qilib borildi.
Maʼlumot o‘rnida, ushbu barpo etilgan intensiv bog‘da 300 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilib, bugungi kunda 200 ga yaqin ishsiz aholi ish bilan taʼminlandi.
O‘tkazilgan 250 gektar olma va 50 gektar nok hamda 100 gektar tokzorlardan kelgusi yili meva berishi rejalashtirilgan bo‘lib, tumanning meva eksport hajmini sezilarli darajada oshirib, ichki bozorda ham mevalar narxlarining barqarorlashishiga olib kelishi kutilmoqda. Bog‘ni samarali tashkil etilishi va yerdan unumli foydalanish qoidalariga rioya etilishi “O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan.
Xususan, yaroqsiz deb topilgan kam hosil beradigan bog‘ va tokzorlar o‘rniga yangi hosildor intensiv bog‘ va tokzorlar barpo qilish, sug‘orishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etilishi hamda qator oralariga o‘z vaqtida ishlov berilishi yuzasidan bir qator nazorat tadbirlari o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan fermer xo‘jaliklari rahbarlariga nisbatan, joriy yilning 5 oyi davomida 22 ta yozma ko‘rsatmalar hamda 14 ta ogohlantirishlar berilishi taʼminlandi, - deydi “O‘zagroinspeksiya”ning Xovos tuman bo‘limi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishi va taʼminotini nazorat qilish shoʻbasi” katta inspektori Jahongir G‘oziyev.
Qolaversa, o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar natijasida hududdagi fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalariga bog‘dorchilikni rivojlantirish borasida amaliy yordamlar berib kelinmoqda.
“O‘zagroinspeksiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati.