Ру Ўз O`z En

G‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari boshlandi

5 Avgust 2022 1594

G‘o‘za parvarishida bugungi kundagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlardan biri - bu g‘o‘za defoliatsiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan tashkil qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 30 iyuldagi 40-son yig‘ilish bayoniga asosan, joriy yilda 890 ming 70 gektar yoki umumiy g‘o‘za maydonlarining 86 foizida defoliatsiya tadbirlari o‘tkazilishi belgilandi.

Shuningdek, defoliantlarni muddatida hamda maqbul meʼyorlarda qo‘llash, g‘o‘za barglarining 80-95 foizini to‘kib, qator oralarida havo almashinuvini yaxshilaydi, quyosh nuridan samarali foydalaniladi, shuningdek, o‘simlik tanasidagi moddalarning qayta taqsimlanishi natijasida ko‘saklarning ochilishi 10-15 kunga tezlashadi, bunda 1-terim hosili 10-12 foizga, umumiy hosildorlik esa 2-3 sentnerga oshib, tola va chigitning sifati yaxshilanadi.

Defoliatsiyani belgilangan muddatdan oldin boshlash yoki meʼyorini oshirib yuborish yosh ko‘saklarning majburan ochilishiga sabab bo‘lib, hosil salmog‘i hamda sifatiga salbiy taʼsir etadi. Shuningdek, defoliatsiyani kech o‘tkazish yoki defoliant meʼyorini kamaytirish esa kutilgan natijani bermaydi va sarf-xarajatlarning bekorga sarflanishiga olib keladi.

Bundan tashqari, joriy yilda yetishtirilgan paxtadan yuqori hosil olishning muhim omillaridan biri bu - g‘o‘za defoliatsiyani o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi.

Mavsumda qatnashadigan samolyotlar, OVX purkagichlarni mavsumga shay holatga keltirish;

- defoliatsiya mavsumi uchun talab etiladigan defoliantlarni belgilangan turlari bo‘yicha zaxirasini yaratish va defoliatsiyani qo‘llash meʼyorlariga rioya etilishi hamda o‘z muddatida va sifatli o‘tkazish;

- ishchi eritmani tayyorlash va uni qo‘llash normalariga rioya qilish va ishchi eritmani jihozlanmagan joylarda va mutaxassislar ishtirokisiz tayyorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik;

- g‘o‘za maydonlarida 65-70 foiz ko‘sak ochilganda va g‘o‘zaning holatidan kelib chiqib, defoliatsiya tadbirini tabaqalashtirilgan holda belgilangan muddatlarda va sifatli o‘tkazilishi hamda defoliantlarni qo‘llash meʼyorlari bo‘yicha tavsiyalarga qatʼiy rioya etilish lozim bo‘ladi.

Hududlarda g‘o‘za defoliatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik va uni sifatli o‘tkazish ishlari Inspeksiya tomonidan doimiy nazoratga olib boriladi.

 

O‘zagroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligida agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech